Integral mikrosxemalar topologiyalarini davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibi qanday?

Integral mikrosxemalar topologiyalari
Integral mikrosxema – elektron vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan tugal yoki oraliq shakldagi mikroelektron buyum bo‘lib, undagi elementlarning hech bo‘lmaganda biri faol hisoblanadi, buyumdagi bog‘lanishlarning ayrimlari yoki barchasi bu buyum tayyorlangan jismlar tarkibida va (yoki) sirtida uzviy shakl topgan bo‘ladi;
integral mikrosxema topologiyasi – integral mikrosxema elementlarining va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar majmuining moddiy jismda qayd etilgan fazoviy-geometrik joylashuvi;
huquq egasi – integral mikrosxema topologiyasining muallifi, uning merosxo‘ri, shuningdek integral mikrosxema topologiyasidan foydalanish mulkiy huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazib patent (guvohnoma) olgan shaxs bo‘lib, uning huquqlari amaldagi qonun va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda muhofaza qilinadi.

Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
1) integral mikrosxemalar topologiyasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza;
2) topologiyani identifikasiyalovchi depozitga qo‘yiladigan materiallar, shu jumladan, referat;
3) davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi yoxud patent boji to‘lashdan ozod qilish, shuningdek, uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat;
4) ishonchli shaxs orqali talabnoma topshirilgan hollarda talabnomada qo‘shimcha ravishda ishonchli shaxs vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma mavjud bo‘lishi lozim;
5) ilgari tijorat maqsadlarida foydalanilgan topologiyaga doir ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomada qo‘shimcha ravishda mazkur topologiyadan tijorat maqsadlarida birinchi marta foydalanish sanasini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lishi lozim.

Davlat boji:
Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga va davlat ekspertizasini o‘tkazishga talabnomalar berish – BHMning 1 baravari

Davlat ekspertizasi:
Topologiyani ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomaning davlat ekspertizasi talabnoma berilgan sanadan e’tiboran 2 (ikki) oylik muddat ichida Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.

Topologiyani ro‘yxatga olish:
Davlat ekspertizasining xulosasi asosida Agentlik patent boji to‘langani to‘g‘risidagi hujjat olingan sanadan e’tiboran 1 (bir) oy ichida davlat reyestrida ro‘yxatga oladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications