Koʼchmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yigʼmajildini shakllantirish natijasida koʼchmas mulk obyekti boʼyicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Xizmat tavsifi: Kadastr pasportini shakllantirish
Natijani olish usullari: Аnʼanaviy yoki elektron shaklda
Xizmatning sohaga tegishliligi: Kadastr pasportini berish
Xizmatning huquqiy asosi
- Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-sonli “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarori.
- Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi 186-son “Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʼyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida” qarori
Xizmat ko’rsatish muddati
Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) koʼchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʼyicha
- koʼp kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) koʼchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi boʼyicha
- umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
- umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
- umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
- umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
- umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
- umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
- ajratilgan yer uchastkalari boʼyicha — 3 ish kunigacha.
Talab qilinadigan hujjatlar
Аriza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʼzi kelib murojaat etadi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, davlat xizmatidan elektron tarzda arizani yuboradi. Soʼrovnomaga koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin?
Koʼchmas mulk egalari boʼlgan yuridik va jismoniy shaxslar
Rad etish asoslari (sabablari)
Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos boʼladi:
- soʼrovnomada notoʼgʼri maʼlumotlar koʼrsatilishi;
- koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
- ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda boʼlmagan taqdirda;
- vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish boʼyicha koʼchmas mulk obʼektiga taqiq yoki xatlov qoʼyilganligi
Mas’ul tashkilot bilan telefon orqali bog’lanish
Tashkilot
- Oʼzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʼmitasi;
- Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallari.
Shikoyat qilish tartibi qanday?
Koʼrsatilgan xizmatdan qoniqish boʼlmasa yoki norozi boʼlgan taqdirda, arizachi Oʼzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda yuqori tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
Аriza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʼzi kelib murojaat etadi yoki Oʼzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida, (keyingi oʼrinlarda — YaIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda arizani yuboradi. Soʼrovnomaga koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
- Аriza beruvchi: Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʼzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
- Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Soʼrovnomani tegishlicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar yer tuzish va koʼchmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga (DK filiali) yuboradi.
- DKfiliali:
- Obyektda joyiga chiqib oʼlchov ishlarini amalga oshiradi va toʼlov miqdori qiymati koʼrsatilgan xabarnomani (invoys) Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga YaIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
- Obyekt manzilini belgilaydi yoki oʼzgartiradi (talab etilganda). Reglamentda koʼrsatilgan (obʼekt murakkabligidan kelib chiqib) muddatlarda.
- Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi. Real vaqt rejimida.
- Аriza beruvchi: Xabarnomada (invoys) belgilangan toʼlovni amalga oshiradi.
- Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP: Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi. Real vaqt rejimida.
! Ushbu xizmatdan onlayn foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.