Mehr qolur – Muhammad Yusuf

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk

O’tar qancha yillar to’zoni,
Yulduzlar — ko’zyoshi samoni.
O’tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Qorachug’da porlagan o’sha,
Iqboliga chorlagan o’sha.
Dunyoni tor aylagan o’sha —
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Anor sening yuzlaring, suluv,
Xumor sening ko’zlaring, suluv,
Yodda qolmas so’zlaring suluv,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Oqib ketdi suvlarda Tohir,
Zuhro yig’lab qoldi qon bag’ir.
Kelganda ham qiyomat oxir,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Nima deysan, ey, g’ayur inson?
G’iybatlaring qildi meni qon.
Sen ham bir kun o’tursan, inon,
Mehr qolur, muhabbat qolur.

Share on telegram
Share on facebook
Share on twitter
Share on linkedin
Share on whatsapp
Share on odnoklassniki
Share on vk
Scroll to Top