Fuqarolik masalalariga oid arizalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari orqali, chet elda doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi. (“O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi qonunining 33-moddasi)
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti nomiga fuqarolikka qabul qilish to’g’risida arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
- ikki nusxada ariza-so’rovnoma;
- xorijiy fuqarolikdan chiqqanlik to’g’risida guvohlik beruvchi hujjat (fuqaroligi bo’lmagan
shaxslardan tashqari); - 2 nusxada tarjimai hol;
- kun kechirishning qonuniy manbalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (ish joyidan ma’lumotnoma yoki ish haqi, pensiya, nafaqa, dividendlar va kun kechirishning boshqa manbalari ko’rsatilgan boshqa hujjat);
- to’rtta fotosurat;
- 2 nusxada oilasining tarkibi to’g’risida ish joyidan ma’lumotnoma;
- davlat boji to’langanligi yoki uni to’lashdan ozod qilinganligi haqidagi hujjat.
(Hozirda davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida)
(O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqish tartibi to’g’risidagi NIZOMni tasdiqlash haqidagi Prezident farmoniga ilova qilingan shu nomdagi Nizomning 2-bo’limi “a” bandi)