Qaysi davlat tashkiloti rasmiy hujjatlarga apostil qo’yish vakolatiga ega?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari tugʼrisida»gi 2011 yil 5 iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida apostil quyish vakolatiga ega bulgan organlar etib belgilangan:

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari — tegishli hududdagi adliya organlari va muassasalaridan hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi — sudlardan chiqadigan rasmiy hujjatlarga;

– O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi — prokuratura, tergov va surishtiruv hamda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlaridan chiqadigan rasmiy xujjatlarga; – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi — taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga;

– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — boshqa barcha rasmiy hujjatlarga.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications