Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o’tkazish tartibi qanday?

Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o’tkazish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tartibga solinadi.

Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o’tkazishda huquq egasining buyurtmasi bo’yicha yer uchastkasini berish hujjatlari, yer uchastkasiga bo’lgan huquqning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi ma’lumotlari asosida kadastr yig’majildi tayyorlanadi va qurilishi tugallanmagan bino va inshootga bo’lgan mulk huquqi ro’yxatdan o’tkaziladi.

Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o’tishini tasdiqlovchi hujjatlar:

qurilishi (rekonstruktsiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;

notarial tasdiqlangan bino, inshootning oldi-sotdi shartnomasi;

topshirish-qabul qilish dalolatnomasi df oldi-sotdi shartnomasi;

korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;

lizing shartnomasi;

hadya etish, ayirboshlash to’g’risidagi va notarial tasdiqlangan renta shartnoma;

xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini mulk huquqini beruvchi davlat orderi;

notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki bo’lgan bino, inshootning tegishli qismiga bo’lgan mulk huquqi to’g’risidagi guvohnoma;

ko’chmas mulk ob’ektini yuridik shaxslarning ustav jamg’armasiga ulush sifatida berish shartnomasi;

ko’chmas mulk ob’ektini muassisga uning ulushini qaytarib berish sifatida shartnomasi;

sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda ko’chmas mulk ob’ektini realizatsiya qilish bo’yicha auktsion natijalari – bayonnoma;

tuman (shahar) qurilish bo’limlarining turarjoyni noturarjoy toifasiga o’tkazishga ruxsati;

tuman (shahar) qurilish bo’limining noturar joy binosini turarjoy toifasiga o’tkazishga ruxsati;

sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan bino va inshootni berish dalolatnomasi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications