She’r haqida she’r

She’rga yozdim maqsadlarimni,
Yuragimga jo bo’lgan orzularimni.
Qaro tunda shamchiroq bo’lgan,
Uchqun parchali yulduzlarimni.

She’rlar matx etdim vatan tuyg’usin,
Muhrladim mehrli ona tuyg’usin,
Yozdim qulog’iga pichir-pichirlab,
Qalamda yongan alam tuyg’usin.

Bitdim she’rimda ilk muhabbatni,
Qo’shdim unga jon omonatni,
Ko’ngillarni ishkom aylagan,
Gurkiragan yoshlikdagi ajib xislatni

Oq qog’ozga qo’ydim qora nuqtalar,
Ba’zida ular ko’nglim niqtalar.
To’kildi ba’zida qora siyohlar,
Qon yuragimni mayda nimtalab.

Hayotimni yozdim bezaklar bilan,
Uni bezadim rasmlar bilan
Jilo berdim qop-qora mayda
Sovuq qishda qolgan harflar bilan.

Bildimki,
Satr ichra sayr ham ne’mat,
Bordir unda qandaydir hikmat,
Ibrohim Said kabi yozdim beminnat,
Angladim bu oliy bir himmat.

Ibrohim Said

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi
17.11.2022
soat 16:44
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications