STIR – Soliq to’lovchining identifikatsiya raqami qanday olinadi?

STIR – soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami my.gov.uz saytidan elektron tarzda olinishi mumkin.

Mazkur xizmat jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish tartibini belgilaydi.

STIR qanday aniqlanadi?
  • Soliq to‘lovchi jismoniy shaxsga davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan mustaqil ravishda o‘z identifikatsiya raqami (STIR) to‘g‘risida ma’lumot olish hamda Davlat soliq qo‘mitasida ro‘yxatga olinganligi va unga STIR berilganligi to‘g‘risida guvohnomani shakllintirib chop etish imkoniyatlari beriladi.
  • Chop etilgan guvohnoma barcha so‘ralgan korxona va tashkilotlarga taqdim etilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar guvohnomaning haqiqiyligini tekshirib olish imkoniyatlari mavjud.
Xizmat narxi

Xizmat bepul amalga oshiriladi.

STIR olish

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications