Toshkent viloyati va Toshkent shahrida kimlar doimiy propiska qilinadi?
1. Qonun hujjatlariga muvofiq olingan uy-joyga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) — xususiy mulk qilib olingan uy-joyga.
2. Qarindoshlar — o‘zlarining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
3. Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
4. Ota-onasi bo‘lmagan voyaga yetmagan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar, shuningdek mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan hamda o‘z oilasi bo‘lmagan voyaga yetgan tug‘ishgan aka-uka va opa-singillar — o‘zlarining tug‘ishgan aka-uka yoki opa-singillari doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.
5. Er (xotin) — xotini (eri) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga, basharti kamida bir yil birgalikda yashayotgan bo‘lsa. Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinganidan so‘ng bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda, er (xotin) Toshkent shahrida yoki Toshkent viloyatida olingan doimiy propiskani yo‘qotadi.
6. Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar — ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatida boshqa manzil bo‘yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
7. Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqarolar — ular Toshkent viloyatida boshqa manzil bo‘yicha doimiy propiska qilinish masalasi yuzasidan murojaat etgan taqdirda.
8. Ilgari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolar — o‘qishni, ishni, uzoq muddatli xizmat safarini tugatganidan, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganidan keyin doimiy yashash uchun tegishincha Toshkent shahriga va Toshkent viloyatiga qaytib kelganida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
10. Qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylangan fuqarolar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
11. Davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tegishli organ yoki tashkilot rahbarining iltimosnomasiga ko‘ra, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari) — mazkur fuqarolar lavozimda turadigan davrga.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 14 sentyabrdagi PQ-694-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq uy-joy bilan ta’minlangan harbiy xizmatchilar, shuningdek ularning oila a’zolari (eri, xotini, shuningdek ularning o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlari).
Izoh: mazkur Ro‘yxatning 2 (xotini yoki eri, o‘z oilasiga ega bo‘lmagan voyaga yetgan bolalar hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga yetmagan bolalar, shuningdek farzandlikka olingan bolalar bundan mustasno), 3, 5, 9 — 12-bandlariga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilingan fuqarolarning qarindoshlari Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy
propiska qilinishi lozim bo‘lgan
shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining
RO‘YXATI