Tovar import qilish uchun qanday hujjatlar kerak?

“Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib kiriladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davlat bojxona xizmati organlariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1.  Bojxona yuk deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish yo‘li bilan tovarlarni deklaratsiyalash hollari bundan mustasno.
  2. Transport hujjatlari (transport turiga qarab yukxati) va tovarga ilova qilinadigan hujjatlar (invoys).
  3. Tovarlarning kelib chiqishi sertifikati (manfaatdor shaxsning xohishi bo‘yicha va uning zarurligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda).

Manba: Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 197-son qaroriga ilova qilib keltirilgan  “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar RO‘YXATI” II bandi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications