Egasiz mol-mulkka vorislik belgilanadimi?

Egasiz mol-mulk – vafot etgan shaxsdan keyin qolgan va hech kim da’vo qilmagan yoki
vasiyatnoma bo’yicha ham, qonun bo’yicha vorislik huquqi bo’yicha ham e’tiroz bildira olmaydigan mol-mulkdir. Vasiyat qilmay vafot etgan shaxslarning mol-mulki egasiz mol-mulkka aylanadi.

Meros mol-mulki meros ochilgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organining arizasi bo’yicha meros ochilgan kundan e’tiboran 3 yil o’tganidan keyin sudning qarori asosida egasiz deb topiladi. Meros mol-mulki, agar uni qo’riqlash va boshqarish bilan bog’liq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketsa, ko’rsatilgan muddat o’tishidan oldin egasiz deb topilishi mumkin (FK 1157-moddasining ikkinchi qismi).

Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi mulkiga o’tadi, bu organ mol-mulkdan voz kechgan taqdirda, davlat mulkiga o’tadi.

Vorislik mol-mulkini egasiz deb topish to’g’risidagi sudning hal qiluv qarori ustidan
marhumning vorisi umumiy asoslarda shikoyat qilishi mumkin.

Masalan

K.ning noqonuniy nikohidan N. o’g’li qoldi. K. vafot etgan paytda uning o’g’lidan boshqa hayot qarindoshlari qolmagan edi. O’g’il boshqa davlatda yashardi, shu sababli u otasining vafot etganligini eshitmadi. K.ning boshqa tanishlari ham N.ning borligidan xabarsiz edilar.
Vasiyatnoma qoldirmagan K.ning vafotidan keyin kvartira qoldi. Notarius fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organini kvartirani qo’riqlash uchun javobgar qilib tayinladi. Shu tariqa, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi kommunal xizmatlar va soliq organlarining to’lovlarini vaqtida to’ladi. Meros ochilishi kunidan boshlab 3 yil o’tganidan keyin fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi sudga ushbu kvartirani egasiz mol-mulk deb topish va uni organning mulkiga topshirish to’g’risida da’vo taqdim etdi. Biroq oradan yana yarim yil o’tgach, K.ning o’g’li otasining vafot etganligidan xabar topdi va uning shahriga keldi. Bu yerda u kvartira to’g’risida eshitdi va sudga uni voris deb topish, sudning avvalgi hal qiluv qarorini haqiqiy emas deb topish to’g’risida da’vo taqdim etdi. Sud sudning avvalgi hal qiluv qarorini bekor qildi va uni voris deb topdi, biroq N. fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi vorislik mol-mulkini qo’riqlash bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarini qoplashi kerak.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications