Foiz evaziga qarz berish uchun javobgarlik bormi?

Qonunchiligimizga muvofiq, bir fuqaro boshqa fuqaroga foiz evaziga qarz berishi mumkin.
Hatto, agar shartnomada nazarda tutilmagan bo’lsa ham, asosiy qarz bilan birga foiz undirilishi mumkin.

Xususan, Fuqarolik Kodeksimizning 734-moddasiga ko’ra, agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo’ladi.

Agar qarz shartnomasi bo’yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada ko’zda tutilgan hollarda foizlar to’lanishi kerak.

Foizlar to’lash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar to’lash
tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan bo’lmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun
shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda to’lanadi.

Shunday ekan, qonunda foiz evaziga qarzga pul berganlik uchun javobgarlik mavjud emas.

  • Turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyo
    Bir turdagi hamma ashyolarga xos alomatlarga ega bo’lgan hamda soni, og’irligi, o’lchovi va shu kabilar bilan belgilanadigan ashyolar turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolar hisoblanadi.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications