Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʼtish tartibi qanday?

Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bevosita bojxona chegarasi orqali olib oʼtishga qaratilgan harakatlar:

  • bojxona chegarasini kesib oʼtayotgan jismoniy shaxsning bojxona nazorati zonasiga kirishi;
  • transport vositasining bojxona chegarasini kesib oʼtish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʼtkazish punktiga kirishi;
  • bojxona hududiga yoʼllash yoki ushbu hududdan tashqariga joʼnatish uchun tovarlarni transport tashkilotlariga yoxud xalqaro pochta va kurьerlik joʼnatmalarini pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish;
  • jismoniy shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanmagan joylardan tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʼtishga qaratilgan harakatlari.

Tovarlarni bojxona hududidan olib chiqishga ular olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan qoʼllaniladigan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilganidan soʼng yoʼl qoʼyiladi.

Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini bojxona chegarasini kesib oʼtishidan xabardor qilishi shart.

Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular toʼgʼrisida bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etishga haqli.

Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda, ularni olib oʼtayotgan shaxs ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar va (yoki) transport vositalari yetib kelishi kerak boʼlgan vaqt va joyni tayinlaydi. Аgar tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib oʼtayotgan shaxs koʼrsatilgan xabardor qilishni amalga oshirmaydigan boʼlsa, bunday majburiyat tashuvchining zimmasiga yuklatiladi.

Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organiga quyidagilarni taqdim etishi shart.
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda tashuvchi bojxona deklaratsiyasini yoki ularni bojxona hududidan olib chiqishga yoʼl qoʼyuvchi boshqa hujjatni, shuningdek tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transportning turidan kelib chiqqan holda hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organiga taqdim etishi shart.

Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda hamda ushbu hududdan olib chiqilayotganda ularni bojxona chegarasi orqali olib oʼtishga bojxona chegarasi orqali oʼtkazish punktlarida yoʼl qoʼyiladi va transport vositalarini maxsus belgilangan joylarda toʼxtatgan holda, bojxona organlarining ish vaqtida amalga oshiriladi. Mazkur talabga rioya etilmagan taqdirda bojxona organlari ushbu transport vositalarini majburiy toʼxtatib qoʼyadilar.

Bojxona chegarasi orqali olib oʼtiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʼtkazilishi kerak.

Tovarlar va transport vositalari olib kirilishini hamda olib chiqilishini taqiqlash:

  • davlat xavfsizligini taʼminlash;
  • jamoat tartibini, inson hayoti va sogʼligʼini saqlash;
  • atrof muhitni muhofaza qilish;
  • milliy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish;
  • Oʼzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini;
  • intellektual mulk obʼektlariga boʼlgan huquqni;
  • olib kirilayotgan tovarlar isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin.

Manba

  1. Oʼzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
  2. Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʼgʼrisida”gi Qonuni
  3. Bojxona chegarasidan olib oʼtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom
  4. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 912-son. 18.11.2019 y.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications