Uy joy uchun kadastr pasporti shakllantirib, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday?

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Vakolatli organ – Davlat kadastrlar palasining xududiy boshqarmalari xisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni hujjatlar kelib tushgan kundan e’tiboran ikki ish kuni davomida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Arizaga ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqni belgilovchi xujjatlar ilova qilinadi.
Ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr pasportini shakllantirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan davlat bojlari miqdori Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tartibga solingan.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications