Uy-joyning kadastr hujjatlari yo‘qotilganida uni tiklash uchun qayerga murojaat qilish kerak va buning uchun to‘lovlar undiriladimi?

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 535-son qarori 1-ilovasi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga ko‘ra kadastr hujjatlari yo‘qolganda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qayta tiklash bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin. Ushbu maʼmuriy reglamentning 22-bandiga muvofiq kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan) kadastr pasporti bepul rasmiylashtiriladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications