Xorijdagi O’zbekiston fuqarolari elektron raqamli imzoni qanday oladi?

Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari endi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Oʻzbekistonning xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

diplomatik vakolatxonalar konsullik boʻlimlari va konsullik muassasalariga murojaat qilish tartibi;
ERI sertifikatini berish tartibi va uning amal qilish muddati;
xizmat uchun konsullik yigʻimlari miqdori.

Konsullik muassasasi orqali ERI kalitlari sertifikatlarini roʻyxatga olish va ularni berish vakolatli organ tomonidan idoralararo elektron hamkorlik qilish tizimi orqali amalga oshiriladi. ERI sertifikatining amal qilish muddati u roʻyхatga olingan vaqtdan boshlab 2 yildan oshmasligi kerak.

ERI kalitining sertifikati — bu oʻzida uning egasi toʻgʻrisidagi aхborotni saqlaydigan hujjat boʻlib, unda egasining maqomi, rekvizitlari va vakolatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar shifrlangan. Sertifikat kalitning qoʻllanilishi uchun javobgar boʻlgan muayyan shaxsga tegishliligini tasdiqlaydi. Hujjat elektron raqamli yoki qogʻoz shaklidagi variantlarga ega.

Asos

Vazirlar Mahkamasining 29.07.2022 yildagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari orqali elektron raqamli imzo berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications