Yurist nigohi

Innovatsion tashabbuslar, ochiq muloqot va mazmunli hayot: Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlar kuni” har hafta oʻtkazilmoqda

Innovatsion tashabbuslar, ochiq muloqot va mazmunli hayot: Toshkent davlat yuridik universitetida “Yoshlar kuni” har hafta oʻtkazilmoqda

Toshkent davlat yuridik universitetida har payshanba oʻtkaziladigan “Yoshlar kuni” tadbiri rektor bilan ochiq muloqot va talabalar hayotining barcha tomonlarini yaxshilashga qaratilgan. Rektor bevosita darslarni kuzatib, ta’lim sifatini koʻtarish, startaplarni qoʻllab-quvvatlash, talabalar yashash sharoitlarini oʻrganish va hatto sport musobaqalarida ishtirok etish orqali yoshlarning intellektual, ijtimoiy va jismoniy rivojlanishiga hissa qoʻshmoqda. Eng muhim amaliy xulosa: “Yoshlar kuni” faqat rasmiy tadbir emas, balki har kuni talabalar bilan muloqot qilish va ularning ehtiyojlarini aniqlashga qaratilgan tizimli yondashuvdir. Bu tajriba boshqa oliy oʻquv yurtlari uchun ham namuna boʻla oladi.

AI tomonidan yaratilgan xulosa

image.png

TDYUda “Yoshlar kuni” haftaning har payshanba kuni tashkil etilmoqda. Tadbirlar doirasida rektor auditoriyalarda bevosita dars jarayonlarini kuzatadi, ta’lim sifati va interaktiv metodlarning qoʻllanilishi, talabalar faolligi hamda zamonaviy yondashuvlarning joriy etilish holatini oʻrganadi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan klinik hamda dual ta’lim elementlarining samaradorligi yuzasidan fikr almashiladi. Talabalarning ta’lim jarayonini takomillashtirish, amaliyot bazalarini kengaytirish, xorijiy professorlarni jalb etish va raqamli xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha takliflari diqqat bilan tinglanib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berib kelinmoqda. Xususan, bu kunning oʻziga xos xususiyati shundaki, rektor faqat ma’muriy binoda emas, talabalar turar joyiga ham tashriflar rejalashtiriladi. Masalan, “Rektor va yoshlar” uchrashuvida TTJda yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, oʻquv va madaniy muhiti, kundalik muammolari bevosita oʻrganiladi.

Quyida “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilgan ba’zi mashgʻulotlar va ularning tahlili haqida soʻz yuritamiz.

Startapdan sudgacha: kelajak yuristlari qanday shakllanmoqda?

“Yoshlar kuni” tadbirlarining yana bir muhim yoʻnalishi — innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash. Rektor talabalarning startap gʻoyalari bilan yaqindan tanishib, LegalTech yoʻnalishidagi huquqiy texnologiyalar, raqamli xizmatlar, ijtimoiy va tadbirkorlikka oid loyihalar taqdim etildi. Talabalar oʻz gʻoyalarini tijoratlashtirish, investorlarni jalb qilish va grant dasturlarida ishtirok etish boʻyicha rejalarini bayon etdi. Rektor istiqbolli loyihalarni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga yoʻnaltirish, mentorlik tizimini shakllantirish hamda tajribali mutaxassislarni jalb etish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi. Bugungi kunda TDYUda 15 ta startap loyiha inkubatsiya bosqichida boʻlib, “E-Prevention Hub” va “Smart mahalla” kabi raqamli huquqiy platformalar ishlab chiqilmoqda.

“Yoshlar kuni” dasturidan jismoniy tarbiya ham chetda qolmadi. Birinchi bosqich talabalari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Jamoalar nafaqat jismoniy mahorat, balki jamoaviylik va tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalarini namoyon etdi. Rektor Baxshillo Xodjayev gʻolib va sovrindorlarni shaxsan tabriklab, ularga diplom va esdalik sovgʻalarini topshirdi. Bu — TDYUda “Yoshlar kuni”ning koʻp qirrali tizimga aylangani va talabaning intellektual, kasbiy, ma’naviy hamda jismoniy rivojlanishini bir vaqtda qamrab olishga intilishning yaqqol ifodasidir.

TDYU tajribasi — milliy namuna

Yuqorida sanab oʻtilgan tadbirlar alohida voqealar emas, balki Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan yoshlar siyosatining universitetdagi izchil va tizimli ifodasi ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. TDYU bu yoʻnalishda faqat topshiriq bajaruvchi tashkilot sifatida emas, balki ijodkor va tashabbuskor muassasa sifatida ish olib bormoqda. Har haftada amalga oshirilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari shuni koʻrsatmoqdaki, yoshlar bilan ishlash — bu sana va bayramlar bilan chegaralanib qolmaydigan, kundalik amaliyotga singdirilishi lozim boʻlgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishidir. Rektor talabalarning yashash joyiga borishi, ularning startaplarini tinglab, vazifalar belgilashi, shu bilan birga teatr va sport maydonida ularga hamroh boʻlishi — bu zamonaviy ta’lim rahbarligining yangi modelini namoyish etmoqda.

Oʻzbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun TDYU tajribasi e’tiborga loyiq. “Yoshlar kuni”ni rasmiy tadbirdan haqiqiy muloqot maydoniga aylantirish — bu faqat koʻrsatkich yaxshilanishi emas, balki yangi avlod mutaxassislarini shakllantirish yoʻlidagi hal qiluvchi qadam. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “farzandlari bilimli va iste’dodli xalqning istiqboli, albatta, yorugʻ boʻladi”.

Maqola foydali bo'ldimi? Ulashing:
Ulashish
Xushnazar Joʻrayev
Muallif
Xushnazar Joʻrayev

Toshkent davlat yuridik universiteti Huquq va texnologiyalar shoʻbasi oʻqituvchisi

Barcha maqolalarini ko'rish
#ta'lim#yoshlar

Shu kabi maqolalarni har hafta oling

Telegram kanalimizga obuna bo'ling — yangi qonun o'zgarishlari va amaliy maslahatlarni birinchi bo'lib oling.

@civil_uz kanalga o'tish

Istalgan vaqt chiqib ketishingiz mumkin

O'xshash maqolalar