Davlatning ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanishiga oid kafolatlariga nimalar kiradi?

Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida” 2020-yil 20-oktyabrdagi OʻRQ-642-sonli Qonunning 47-moddasiga asosan, Davlat ishsiz shaxslarga quyidagilarni kafolatlaydi:

ishsizlik nafaqasi toʻlanishini;

mehnat organlarining yoʻllanmasi boʻyicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya toʻlanishini va shu davr umumiy mehnat stajiga qoʻshilishini;

mahalliy mehnat organlarining yoʻllanmasiga koʻra bepul, shu jumladan grantlar hisobidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni;

haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish imkoniyatini;

tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga hamda shaxsiy tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirishga qaratilgan, ushbu Qonun 19-moddasi ikkinchi qismining uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan subsidiyalarni olish imkoniyatini;

mahalliy mehnat organlarining taklifiga koʻra ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa yerga koʻchib oʻtish bilan bogʻliq xarajatlar kompensatsiya qilinishini.