Hayot sug’urtasi bilan daromad olishingiz mumkinligini bilasizmi?

Hayot sug’urtasi nima?

Hayot sug’urtasi bu – fuqorolar hayotini turli ko’ngilsiz hodisalardan sug’urta qilish va mablag’larni foyda bilan jamg’arish imkonini beradigan sug’urta turidir.

Hayot sug’urtasini afzalliklari

Fuqarolar tomonidan sug’urta qo’yilmalari sifatida rasmiy oylik daromadi hisobidan o’tkazilgan mablag’lar 12% miqdoridagi daromad solig’idan ozod qilinadi. Bundan tashqari, sug’urta muddati yakunida sug’urta kompaniyasi tomonidan belgilangan miqdorda sug’urta qo’yilmalari miqdoridan bonus to’lab beriladi. Va albatta, sug’urta polisi turli ko’ngilsiz hodisa yuz bergan taqdirda sug’urta to’lovlari miqdorining 10 barobarigacha sug’urta to’lovini olish imkonini beradi.

Hayot sug’urtasi bo’yicha qanday soliq imtiyozi beriladi?

Hayot sug’urtasi faoliyatini rivojlantirish va aholining himoyalanganligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqlar bo‘yicha imtiyozlar uzoq muddatga sug‘urtalash uchun sug‘urta mukofotlari to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi.

Ya’ni fuqarolar o’z hayotini sug’urta qilganida ular daromad solig‘iga tortilmaydi. Bunga asos O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi 378-moddasining 15-bandi hisoblanadi.

Hayot sug’urtasi orqali daromad olish misoli

Agar sug’urta kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish tarifi bo’yicha sug`urta muddati 12 oyni va bonus miqdori 6% ni tashkil etsa:

Hayot sug’urtasidan daromad: 1 mln. so’m daromad 12% soliq imtiyozi va 6% sug’urta bonusi hisobiga 180 ming so’mga teng daromad keltiradi. Bu degani bir oyda 180 ming so’m ko’proq daromadga ega bo’lish mumkin.

Bank omonatidan daromad: 1 mln. so’m miqdordagi daromad 12% soliqqa tortilishi oqibatida 880 ming so’mga teng bo’ladi va bu pul yillik 23% bilan bank omonatiga qo’yilgan taqdirda bir oyda 16.9 ming so’m daromad keltiradi.

Natija: bir oy muddat uchun sug’urta daromadi bank omonati daromadidan 163 ming so’mga ko’proqdir. O’n ikki oy, ya’ni sug’urta muddati yakuni bo’yicha sug’urtadan olinadigan daromad summasi 12 720 000 so’mni tashkil etadi. Huddi shunday muddatga qo’yilgan bank omonatidan kelgan daromad 11 875 600 so’mga teng bo’ladi. Ya’ni sug’urta bo’yicha daromad bank omonatiga nisbatan 844 ming so’mga ko’proqni tashkil etadi.

Xulosa:

sug’urta shartnomasi muddati yakuni bo’yicha mablag’lar 100% miqdorda 37.8% daromadlilik bilan qaytariladi.

Sug’urta mablag’larini muddatidan oldin qaytarib olish

Mablag’lar 6 oydan so’ng, 12 oyga qadar qaytarib olingan taqdirda mablag’larning 97%i to’lab beriladi va daromadlilik 35%ni tashkil qiladi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications