Mediator faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oshirilishi mumkin.
Professional asosdagi mediator
Professional asosdagi mediator faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʼyicha maxsus oʼquv kursidan oʼtgan, shuningdek Professional mediatorlar reestriga kiritilgan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Noprofessional asosdagi mediator
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini 25 yoshga toʼlgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin.
Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs ham Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʼyicha maxsus oʼquv kursidan oʼtishi mumkin.
Professional mediatorlar reestri
Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Professional mediatorlar reestri yuritiladi, ushbu reestr ularning rasmiy veb-saytlarida, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Shaxs mediatorlarni tayyorlash dasturi boʼyicha maxsus oʼquv kursidan oʼtganidan soʼng Professional mediatorlar reestriga kiritiladi.
Professional mediatorlar reestrida quyidagilar boʼlishi kerak
- mediatorning familiyasi va ismi;
- mediatorning joylashgan yeri va aloqa maʼlumotlari;
- mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi;
- mediator mediatsiya amalga oshirishga qodir boʼlgan til haqidagi maʼlumotlar.
- Mediator boʼlishi mumkin boʼlmagan shaxslar
- davlat vazifalarini bajarish uchun vakolat berilgan yoki unga tenglashtirilgan shaxs;
- muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʼgʼrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud boʼlgan shaxs;
- sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
- oʼziga nisbatan jinoiy taʼqib amalga oshirilayotgan shaxs.
- Mediatorning faoliyati tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.