Mediatsiya va uning afzalliklari qanday?

Mediatsiya bu — nizoni taraflar oʼzaro ixtiyoriy kelishib, mediator yordamida hal qilish usuli.

Mediatsiyaning asosiy prinsiplari

Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi printsiplari asosida amalga oshiriladi.

Mediatsiyaning afzalliklari

  • tanlov erkinligida;
  • adolatga tayanishda;
  • qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishdagi bevosita ishtirokda;
  • taraflarning qabul qilingan qarorlarga roziligida;
  • protsessdan istalgan paytda chiqib ketish imkoniyati borligida;
  • ishni koʼrib chiqishga ketadigan vaqt va koʼrib chiqish qiymatida;
  • maxfiylik taʼminlanishida;
  • protsessning moslashuvchanligi hamda vaziyat va talablarga mutanosibligida;
  • butun jarayon korruptsiyaning har qanday koʼrinishlaridan xoli ekanida.
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications