Notarius fuqarolarning qanday turdagi nizolari boʻyicha mediativ kelishuvlarini tasdiqlaydi?

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning (04.01.2019-yil, roʻyxat raqami 3113) 1453-bandida notarius oilaviy nizolar (er-xotinning mol-mulkini boʻlish), meros bilan bogʻliq nizolar (meros mol-mulkini taqsimlash, merosxoʻrlar oʻrtasida ulushlarni boʻlish va boshqalar) hamda boshqa nizolar (pul majburiyatlari, mulkni topshirish majburiyatlari, qarz majburiyatlari, garov munosabatlari boʻyicha majburiyatlar) boʻyicha mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications