Notarius tomonidan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan fuqaroning notarial harakatni amalga oshirishi kechiktirilishi yoki rad etilishi mumkinmi ?

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaning (04.01.2019-yil, roʻyxat raqami 3113) 4-bandida notarius notarial harakat amalga oshirishni soʻrab murojaat etgan jismoniy shaxsning muomala layoqatini u bilan shaxsiy muloqot davomida aniqlaydi.

Shuningdek, notariusga murojaat etgan shaxsning ruhiy holati buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u notarial harakatni amalga oshirishni kechiktiradi va sudning shu shaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori mavjud yoki mavjud emasligini Tizim orqali tekshiradi.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications