Uy-joy (kvartira)ni boshqa shaxsga oʼtkazish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya) shartnomasi qanday tuziladi?

Quyida ko’chmas mulkni sotish tartibi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

Bir shaxs boshqa shaxsdan koʼchmas mulkni naqd yoki toʼlovni kechiktirishi shartni bilan sotib olishi mumkin.

Ular o’rtasida notarial tartibda shartnoma rasmiylashtiriladi.

Notarial tartibda talab qilinadigan hujjatlar
  1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi

  • Oʼzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
  • 16 yoshga toʼlmagan fuqarolarning shaxsi — tugʼilganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma;
  • harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʼmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
  • chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʼyxatga olinishi lozim) yoki Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʼzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
  • fuqaroligi boʼlmagan shaxs uchun — Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.

2. Mulkka boʼlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat.

3. Barcha egalarining roziligi

  • Mulk umumiy birgalikdagi mulk boʼlgan taqdirda (er-xotinning birgalikdagi mulki va va Nikoh haqidagi guvohnomasi), barcha egallarining roziligi;
  • Oʼzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʼmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʼmitasining hududiy organlaridan (Toshkent shahrida — «Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va maʼlumotlar berish markazi» davlat unitar korxonasidan) olingan uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismini xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar toʼgʼrisida maʼlumotnoma
  • Uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismining xususiylashtirilishiga rozilik bergan shaxslar vafot etgan taqdirda ularning oʼlim haqidagi guvohnomasi yoki dalolatnoma yozuvidan koʼchirmasi (nusxasi olib qolinib asli qaytarib beriladi)
  • Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari imtiyozli sotib olish huquqidan voz kechish toʼgʼrisidagi arizalari

4. Umumiy ulushli mulk ishtirokchilari oʼrtasida umumiy mulkdagi koʼchmas mulk yoki uning bir qismidan foydalanish tartibi toʼgʼrisidagi kelishuv.
5. Yer uchastkasiga boʼlgan huquqning davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi Koʼchmas mulk obyektlariga boʼlgan huquqlarning davlat reestridan koʼchirma yoki guvohnoma.
6. Koʼchmas mulkk obʼektga boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazish toʼgʼrisida Reestrdan koʼchirma.
7. Mulk garovga qoʼyilgan boʼlsa, garovga oluvchining roziligi.
8. Notarial tartibda tasdiqlanishi lozim boʼlgan bitimlarni vasiylikdagi shaxs nomidan Vasiylar vasiylik va homiylik organlarining faqat ruxsati bilan tuzishga haqli.
9. Bitimlar davlat bojining imtiyozli toʼlanishiga huquq beruvchi yaqin qarindosh boʼlgan shaxslar oʼrtasida tuzilayotgan boʼlsa (Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga), ularning qarindoshligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.
10. Bitim vakil tomonidan tuzilgan taqdirda, vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).
11. Koʼchmas mulk Sotib oluvchi tomon chet el fuqarolar hamda fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga

  • Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʼgʼrisidagi nizomning 1-ilovasidagi Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinish huquqiga ega boʼlgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar toifalari doimiy propiskasi borligi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomasini taqdim etsa.

12. Koʼchmas-mulk koʼchmas mulk bank krediti hisobiga sotib olinganda kredit shartnomasi kerak boʼladi.
13. Zarur hollarda boshqa hujjatlar.

E’tibor bering!
Kommunal xizmatlar uchun toʼlanadigan majburiy toʼlovlar boʼyicha va byudjet oldida qarzi mavjud emasligi, xamda doimiy propiskada boʼlgan shaxslar haqidagi toʼgʼrisidagi maʼlumotnomalar notarius tomonidan kurьerlik xizmatidan foydalangan holda yoki idoralararo elektron hamkorlik yoʼli bilan «Notarius» ААTdan orqali avtomatik tarzda olinadi.

  • Toshkent shahrida joylashgan koʼchmas mulkni boshqa shaxsga oʼtkazish bilan bogʼliq boʼlgan bitimlarni tasdiqlash roʼyxatga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Koʼrsatiladigan xizmat uchun yigʼim undiriladi. Hisoblashni elektron kalkulyator orqali amalga oshirish mumkin.
Qoʼshimcha xizmatlar uchun toʼlov

Gerb yigʼimi: BHMning 10% (xar bir blank uchun);
Loyiha uchun toʼlov (BHMning 20%);
Tushuntirish uchun haq miqdori BHMni (10%);
Taqiqni tekshirish uchun (xar bir mulkdan BHMni 15%);
Qarzdorlik tekshiriliganligi uchun (BHMning 10%);
Tashkilotlardan maʼlumotlar olish uchun soʼrovnomalar yozish (har bir soʼrovnoma uchun BHMning 5%).

Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi tugmani bosing
Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi tugmani bosing
Elektron notarius portaliga kiris uchun quyidagi tugmani bosing
Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications