Aholi orasida huquqiy ongni rivojlantirishning dolzarbligi

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan soʻng mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini tiklash boʻyicha bir qancha ishlarning poydevori qoʻyila boshlandi. Oʻz navbatida bu masala dolzarb boʻlib, huquqiy ongni rivojlantirish aholining shunchaki qonunni , tartib va qoidalarni yaxshi bilishigina emas balki kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishdan iborat. Huquqiy ong fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yordam beradi. Fuqarolik jamiyatini oʻz navbatida siyosat darajasiga chiqarish davlatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy jihatdan rivojlanishiga turtki boʻladi. Shunday ekan aholi orasida huquqiy madaniyatni har qachongidan yuksaltirish dolzarb va ahamiyatli boʻlib kelyapti. Shu oʻrinda yana bir narsani taʼkidlash joizki aholining huquqiy savodxonligini oshirish jamiyatda turli xil jinoyatlarning oldini olishga yordam beradi. Xususan, korrupsion jinoyatlarning kamayishida ham katta rol oʻynaydi. Aholining huquqiy jihatdan bilimli boʻlishi davlat idoralarida ishlash mexanizmiga yordam beruvchi muhim omildir. Aholi oʻz huquqini bilar ekan davlat organlarida adolat mezonlarining bir qadar oʻrnatilishiga , tizimning yaxshi ishlashiga, sohadagi ish yuritishning adolat tamoyillariga asoslangan holda ish olib borishga yordam beradi. Oʻz navbatida aholining huquqiy ongini rivojlantirish davlat oldida turgan masalalardan biri boʻlishi kerak. Sababi, xalq oʻz haq-huquqlarini, majburiyatlarini bilmas ekan jamiyatning koʻplab sohalarida suisteʼmolliklar koʻpayishi, insonning qadr-qimmati, sha’ni oyoqosti boʻlishi mumkin.

Aholining huquqiy bilimini oshirish oʻz oʻrnida davlatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholi orasida huquqiy madaniyatni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997- yil 29- avgustda 466-I-son qarori bilan „Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” tasdiqlandi.Aholining huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan dasturning tasdiqlanishi bu sohada qilingan dastlabki yirik ishlardan biri boʻldi.

Huquqiy madaniyatni rivojlantirishning maktab tizimiga alohida eʼtibor berish joizdir. Kerak boʻlsa, yuqori sinf oʻquvchilari bilan huquq tartibot organi xodimlari oʻrtasida huquqiy ong mavzusida davra suhbatlarini tashkil qilish kerak. Shu oʻrinda maktab darsliklarida ijtimoiy aloqalarga oid boʻlgan fuqarolik munosabatlarini koʻproq oʻrgatish kerakdir. Maktabdan keyingi bosqichda yaʼni, oliy taʼlim va oʻrta maxsus taʼlimda ( kollej, texnikumlarda ) ham qoʻshimcha fan sifatida oʻz sohasiga oid boʻlgan huquqiy munosabatlarni oʻrgatish joiz boʻladi. Bu oʻz oʻrnida barcha sohalardagi kadrlarning huquqiy madaniyatni rivojlantirishga yordam beradi.
Demokratiya rivojlangan davlatlarda iqtisodiy oʻsish ham jadallab boradi. Huquqiy madaniyat esa demokratik jamiyatning poydevori hisoblanadi. Davlat va shaxs oʻrtasidagi munosabatlar qonunga asoslanar ekan huquqiy munosabatlarda barcha ishtirokchilarning huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni zamonning oʻzi talab qilmoqda. Huquqiy ong rivojlangan mamlakatlarda Konstitutsiya va qonun ustunligi taminlanadi, ijtimoiy adolat shakllanadi.

Aytib oʻtish kerakki huquqiy ongni rivojlantirish masalalarida hozirgi kunda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yuridik kadrlar tayyorlash tizimi rivojlantirib borilmoqda.Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yildagi „Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi. Bundan tashqari yuridik adabiyotlar nashr etildi, televideniye, radio va gazetalar orqali targʻib qilish, tashviqot ishlarini olib borish, jahon tajribasidan foydalanish shular jumlasidandir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2017-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qilish, buning uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish taklifi berildi.

Shu maqsadda ,, Mening fikrim” veb-potali ishga tushirilishiyoq aholi qatlamlarining huquqiy sohaga bo’lgan qiziqishini orttirmoqda. Ayni damda esa sohani rivojlantirishda yangi qadam qo’yish uchun asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Abduvasiyev Diyorbek Gʻolib oʻgʻli
Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications