El-yurt taqdiri mening taqdirim

Turdaliyev Kamronbek Yaminjon o’g’li

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 1-bosqich talabasi

Insoniyatning 4 ming yilliksivilizatsiyasi shuni ko’rsatdiki, u hamisha qandaydir tartib-qoidalar asosida yashashi lozim va shundagina taraqqiyotga erishish mumkin. Lekin hamma davrlarda ham barcha uchun majburiy qoidalar bo’lmagan. Bo’lgan vaqtda esa uning chegaradan oshishi natijasida inson huquqlari buzilishiga olib kelgan. Shu taqlid jamiyat, keyinchalik esa davlat boshqaruvida insonning huquq va erkinliklari tushunchasi paydo bo’ldi. Ushbu tushunchani ro’yobga chiqarishda qonunlar vosita vazifasini bajardi. Barcha davlatlar o’z faoliyatini qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga sola boshladi. Bir muddat barchasi o’z iziga tushgandek tuyuldi. Biroq inson psixikasi tabiatan cheklovlarni ma’lum darajada buzishga moyil bo’lib, ushbu odat inson aqli qanchalik yuqori saviyada bo’lmasin, miyasining qaysidir qismida baribir saqlanib qolaverdi. Shunda huquqshunoslar tomonidan qonunlarning ijro etilishini ham nazorat qiluvchi organ kerak degan xulosaga kelindi va prokuratura organlari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, barcha sohalar singari prokuratura organlari ham isloh qilindi. Ayniqsa keyingi yillarda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan “Inson qadri uchun” degan tamoyil asosida prokuratura organlarida islohotlarning yangi bosqichi boshlandi va izchillikda amalga oshirilmoqda. Islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad prokuratura organlarini jazolovchi tizim emas, balki ochiqlik va adolatga asoslangan, fuqarolar va jamiyat manfaatiga xizmat qiladigan, o‘z nazariy va amaliy maktabiga, fidoyi va professional xodimlariga ega tuzilmaga aylantirishdir. Qonun hukmron bo‘lgan jamiyatda albatta adolat, siyosiy-ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish va yuksalish bo‘ladi, inson qadri, huquq va manfaatlari ta’minlanadi. Bunday muhim maqsadlarga erishishda prokuratura organlari va ushbu tizimda xizmat qilayotgan, o‘z kasbi va burchiga sodiq, vatanparvar insonlarning roli katta ekanini bugun alohida ta’kidlashimiz o‘rinlidir. Fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlangan huquq va erkinlarini ishonchli himoya qilishda, qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olishda prokuratura organlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, xalq bilan ochiq muloqot qilish, aholi muammolarini chuqur o‘rganish va hal etish, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilish soha xodimlarining eng asosiy va kundalik vazifasiga aylandi. Prokuraturaning qonunlar ijrosi ustidan nazorat olib borish faoliyati tubdan o‘zgartirildi. Ilgari qonun buzilishi holatlarini aniqlash va jazolashga asosiy o‘rin berilgan bo‘lsa, endi asosiy e’tibor bunday holatlarning oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilmoqda. Eng muhim jihatlardan yana biri shundaki prokuratura va tergov organlari uchun malakali kadrlar tayyorlash, kadrlar malakasini oshirish, shuningdek, tergov hamda huquqni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida davlatimiz tarixida birinchi marotaba Bosh prokuratura huzurida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasitashkil etildi. Akademiyani tashkil etishdan ko’zlangan eng asosiy maqsad tergov faoliyatida “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, jinoyatlarni o‘z vaqtida fosh etishni tashkil etish, tergov organlarining faoliyatini qonun ustuvorligini va qilmish uchun jazo muqarrarligini ta’minlash tamoyili amaliy ro’yobga chiqarishdir. Bugungi kunda Akademiya “Tergov faoliyati” va ”Prokurorlik faoliyati” yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat va magistratura yo’nalishlarida mutaxassislarni tayyorlamoqda.

Mamlakatimizda“Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan ezgu tamoyil asosida qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda har bir prokuratura xodimining alohida o’rni va mas’uliyati mavjud. Chunki har bir fuqaro qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilgan, islohotlar har bir xonadon, har bir mahallaga kirib borgandagina ularning amaliy samarasini o‘z kundalik hayotida his etadi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganidek, “Xalqimizning og‘irini yengil qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikka qarshi kurashishga qaratilgan dasturlarimiz ijrosini izchil tashkil etish, atrof-muhit, tabiiy boyliklar va madaniy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, tibbiyot, ta’lim kabi sohalardagi islohotlarimizni davom ettirish va bu borada qonun buzilishiga murosasiz bo‘lish – prokuratura xodimlarining konstitutsiyaviy burchi va eng asosiy vazifasidir”.

Prokuratura organlari faoliyatini asosiy yo’nailshlaridan hisoblangankorrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ushbu illatiga qarshi kurashish jarayonida bugungi kunda prokuratura xodimlari alohida jonbozlik ko‘rsatib, shaxsiy na’muna sifatida hammaga o’rnak bo’lmoqda.

Prokuratura organlari faoliyatiga ilg‘or ish uslublarini va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, qonunlar ijrosi ustidan nazorat mexanizmlarini muntazam takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va tergov ishiga zamonaviy ilm-fan hamda amaliyot yutuqlarini tatbiq etish, xodimlarning bilim darajasi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularning fidokorona mehnatini munosib qadrlash davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblandi. Chunki davlat hayotida qonun chin ma’noda ustuvor bo’lsagina, u o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erisha oladi. Bu yo’lda prokuratura xodimlariqonun himoyasi – bu xalq va Vatan himoyasi kabi muqaddas burch ekanini chuqur anglab, o’z zimmalaridagi mas’uliyatni sharaf bilan ado etmoqdalar

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications