Yurist nigohi

NFT aksiya boʻla oladimi?

NFT aksiya boʻla oladimi?

NFT (Noyob Tokenda) raqamli aktivlar – rasm, musiqa yoki boshqa kontentga egalikni tasdiqlovchi sertifikat. U aksiyadan tubdan farq qiladi, chunki aksiyada kompaniyaning bir qismiga egalik huquqi va dividendlar olish imkoni mavjud. NFT esa faqatgina raqamli obyektga egalik beradi va aksariyat hollarda foyda yoki dividend toʻlanmaydi. Ammo agar NFT orqali kompaniya foydasidan ulush olish yoki ovoz berish kabi huquqlar berilsa, u holda u aksiya maqomiga ega boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda NFT "oʻzaro oʻzgarmas token" deb hisoblanadi va faqat litsenziyalangan provayderlar orqali sotilishi mumkin. Asosiy xulosa: Oddiy NFT aksiya emas, lekin oʻziga xos shartlar bilan aksiya kabi koʻrilishi mumkin. Investitsiya qilishdan oldin qonuniy jihatlarni va berilgan huquqlarni yaxshi oʻrganish kerak.

AI tomonidan yaratilgan xulosa

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda “NFT sotib ol”, “investitsiya qil” kabi iboralar bilan toʻlib ketgan. Biroq koʻp odamlar hali ham savol qoʻyadi: “NFT nima?” va “u aksiyaga oʻxshaydimi?”. Bu maqolada biz ushbu savolga huquqiy va texnologik nuqtai nazardan javob beramiz. NFT  (Non-Fungible Token) ya’ni noyob, almashtirib boʻlmaydigan token. Bu zanjirli ma’lumotlar bazasi (blockchain) texnologiyasi asosida yaratilgan raqamli sertifikat boʻlib, biror narsaning, masalan, rasm, musiqa, oʻyin predmetini egaligini belgilab beradi beradi.

Oddiy qilib aytganda, 1 ta bitkoyn boshqa 1 ta bitkoynga teng boʻlsa, ular bir xil. Lekin har bir NFT yagona va noyob boʻladi, xuddi haqiqiy san‘at asari kabi. Ikkita bir xil NFT boʻlmaydi. Aksiya esa kompaniyaning bir qismiga egalik huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz. Aksiyador sifatida siz quyidagi huquqlarga egasiz:

Dividendlar olish (kompaniya foydasidan ulush);

Umumiy yigʻilishda ovoz berish;

Kompaniya tugatilganda qolgan aktivlardan ulush olish;

Qonuniy himoya va davlat nazorati ostida boʻlish;

Aksiyalar fond bozorida savdo qilinadi va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunlar bilan tartibga solinadi.

Ayrimlar NFTni “kompaniya ulushi” deb oʻylaydi, aslida ular tubdan farq qiladi:

NFT:

Raqamli aktivni (rasm, kontent, sertifikat) ifodalaydi;

Kompaniyaga egalik huquqi bermaydi;

Dividendlar toʻlanmaydi (odatda);

Huquqiy jihatdan koʻp davlatlarda hali tartibga solinmagan;

Narx faqat talab va taklifga bogʻliq.

Aksiya:

Kompaniya ulushini ifodalaydi;

Kafolatlangan egalik va boshqarish huquqi beradi;

Dividend toʻlanishi mumkin;

Qonuniy asoslarga ega;

Fond bozori va davlat nazoratida.

NFT egasiga nimani va’da qiladi? Undan qanday foyda olish mumkin? Agar NFT kompaniya foydasidan ulush yoki dividendlar va’da qilinsa bersa, kompaniya aktivlariga da‘vo huquqi berilsa, ovoz berish yoki boshqarishda ishtirok etishda foydalanilsa aksiyaga juda yaqin deyishimiz mumkin.

Ammo, NFT faqat raqamli obyektga egalik bersa (rasm, musiqa) bu odatiy NFT, aksiya huquqiy maqomiga ega emas.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra,  NFT lar “oʻzaro oʻzgarmas token” deb belgilanadi. Bu aynan moddiy va (yoki) boshqa mulk bilan taʼminlanmagan, mulkdorning raqamli shakldagi noyob kontentga (matn, audiovizual, musiqiy, fotografik asarlar, shuningdek tasviriy sanʼat asarlari va boshqalar) boʻlgan huquqini tasdiqlovchi kripto-aktivning alohida turi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOMda belgilab qoʻyilgan. Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari, ushbu hujjat jismoniy shaxslar oʻzaro NFTlarni kripto-depozitariy yoki elektron platformalar orqali chiqarishi va ayirboshlashi mumkin ekanligini belgilab beradi. Bunda faqat milliy litsenziyalangan provayderlar orqali sotish va sotib olish joriy qilinganligini unutmaslik kerak.

Demak, NFT lar (oʻzaro oʻzgarmas token) aksiya hisoblanmaydi. Agarda investor uchun foyda va’da qilinsa, qimmatli qogʻozlar qatorida koʻrilishi mumkin.

Maqola foydali bo'ldimi? Ulashing:
Ulashish
Ma'rufjon Yoqubjonov
Muallif
Ma'rufjon Yoqubjonov

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'qituvchisi

Barcha maqolalarini ko'rish
#raqamli aktivlar#qimmatli qog'ozlar

Shu kabi maqolalarni har hafta oling

Telegram kanalimizga obuna bo'ling — yangi qonun o'zgarishlari va amaliy maslahatlarni birinchi bo'lib oling.

@civil_uz kanalga o'tish

Istalgan vaqt chiqib ketishingiz mumkin

O'xshash maqolalar