Oila huquqi

ZAGS yoʻq, faqat domlaga nikoh oʻqitganmiz: ajrashsak mulk qanday boʻlinadi?

ZAGS yoʻq, faqat domlaga nikoh oʻqitganmiz: ajrashsak mulk qanday boʻlinadi?

Oʻzbekistonda nikoh faqat davlat roʻyxatidan oʻtgan (ZAGSda qayd etilgan) boʻlsa, qonuniy hisoblanadi. Diniy nikoh esa huquqiy oqibat keltirmaydi, shuning uchun ajrashganda mulk boʻlinmasdan, uning rasmiy egasining qoʻlida qoladi. Agar uy yoki mashina faqat erning nomiga rasmiylashtirilgan boʻlsa, u 100% uning mulki hisoblanadi va siz undan hech qanday ulush ololmaysiz. Amaldagi xulosa: Shar’iy nikoh bilan yashash ayolni moliyaviy himoyasiz qoldiradi. Shuning uchun ham ZAGSda roʻyxatdan oʻtish yoki mulkni ikki nomga rasmiylashtirish kerak. Agar allaqachon ZAGS yoʻq boʻlsa, kiritgan pulingizni sud orqali qaytarib olish mumkin, ammo buning uchun dalillar (bank oʻtkazmalari, kvitansiyalar) boʻlishi shart.

AI tomonidan yaratilgan xulosa

Afsuski, jamiyatimizda FHDYo (ZAGS) roʻyxatidan oʻtmasdan, faqat shar'iy nikoh oʻqitib yashaydiganlar hali ham koʻp. Yillar oʻtib, oilada kelishmovchilik chiqib ajrashishga toʻgʻri kelsa, eng katta muammo mol-mulk masalasida kelib chiqadi. “Biz 10 yil birga yashadik, shuncha pul topdik, endi uyni boʻlsak boʻladimi?” degan savolga, keling, qonun yuzasidan ochiq va aniq javob beraman.

1. Qonun sizlarni “er-xotin” deb tan olmaydi!

Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13-moddasida qat'iy yozib qoʻyilgan:

“Faqat FHDYo organlarida qayd etilgan nikohgina qonuniy hisoblanadi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.”

Bu nima degani? Agar sizlarda ZAGS yoʻq boʻlsa, qonun oldida siz shunchaki “bitta uyda yashovchi ikkita begona fuqaro”siz xolos. Shuning uchun, ZAGSli oilalardagi “Nikoh davomida olingan mol-mulk teng (50/50) boʻlinadi” degan zoʻr qoida sizning holatingizda umuman ishlamaydi.

2. Unda mulk kimga qoladi?

Bunday holatda Fuqarolik huquqi ishga tushadi: Mulk qogʻozda kimning nomiga rasmiylashtirilgan boʻlsa, oʻshanda qoladi!

  • Agar siz 10 yil birga yashab hovli qurgan boʻlsangiz ham, lekin oʻsha uyning kadastri “er”ingizning nomida boʻlsa — uy 100% uniki hisoblanadi. Siz uni boʻlishga da'vo qila olmaysiz.

  • Agar mashina olingan boʻlsa va texpasport uning nomida boʻlsa — mashina unga qoladi. Sizga uydan ham, mashinadan ham qonunan hech qanday ulush tegmaydi.

3. Pulingizni qanday qilib qaytarib olishingiz mumkin? (Yagona yoʻl)

Agar siz oʻsha uy yoki mashina olinayotganda oʻzingiz ishlab topgan pulni qoʻshgan boʻlsangiz (masalan, ota-onangiz pul bergan, yoki oyligingizni yigʻib bergan boʻlsangiz), uyni yarmiga da'vo qila olmasangiz-da, kiritgan pulingizni qaytarib olishga haqlisiz.

Lekin bu oson boʻlmaydi. Buning uchun siz sudga (Fuqarolik ishlari boʻyicha sudga) da'vo arizasi kiritishingiz va oʻzingizning pulingiz shu mulkka sarflanganini qogʻozlar bilan isbotlashingiz kerak:

  • Bank oʻtkazmalari (kvitansiyalar);

  • Sizning nomingizdan olingan kredit hujjatlari;

  • Ota-onangiz nomidan uyni ta'mirlash yoki qurilish mollariga qilingan toʻlov cheklari.

Agar dalillaringiz yetarli boʻlsa, sud “er”ingizdan siz kiritgan summani undirib beradi. Ammo dalil yoʻq boʻlsa (hamma pul naqd berilgan boʻlsa), afsuski, narsangizni olib koʻchaga chiqishdan boshqa chorangiz qolmaydi.

Huquqiy maslahat: Faqat shar'iy nikoh bilan yashash — ayol kishini moliyaviy tomondan butunlay himoyasiz qoldiradi. Agar hozir yashayotgan boʻlsangiz, albatta ZAGSdan oʻting! ZAGS yoʻq boʻlsa ham, qonuniy huquqingizni ozgina boʻlsa-da himoya qilish uchun uy yoki mashina olayotganda, mulkni ikkalangizning nomingizga (ulushli mulk qilib) rasmiylashtirishni talab qiling.

Maqola foydali bo'ldimi? Ulashing:
Ulashish
Islombek Abdixakimov
Muallif
Islombek Abdixakimov

KIberxavfsizlikni huquqiy ta'minlash va raqamli huquq boshqarmasi Bosh maslahatchisi, Adliya Vazirligi

Barcha maqolalarini ko'rish
#mol-mulk bo'linishi#ajrashish#nikohsiz yashash

Shu kabi maqolalarni har hafta oling

Telegram kanalimizga obuna bo'ling — yangi qonun o'zgarishlari va amaliy maslahatlarni birinchi bo'lib oling.

@civil_uz kanalga o'tish

Istalgan vaqt chiqib ketishingiz mumkin

O'xshash maqolalar

Qaynona kelinni uydan haydab chiqarsa, qonun kelinni qanday himoya qiladi?
Oila huquqi

Qaynona kelinni uydan haydab chiqarsa, qonun kelinni qanday himoya qiladi?

Qonun kelinni toʻliq himoya qiladi! Agar kelin oʻsha uyda doimiy roʻyxatda (propiskada) tursa, uni hech kim (hatto uyning egasi boʻlgan qaynona ham) oʻzboshimchalik bilan koʻchaga haydab chiqarishga haqli emas. Kelin sud orqali uyga majburiy kiritilishini talab qilishi va qaynonaning tazyiqlariga qarshi ichki ishlar organlaridan “Himoya orderi” olishi mumkin. Batafsil qonuniy yoʻllari bilan quyida tanishing!

868
Xotin homilador boʻlsa yoki bola 1 yoshga toʻlmagan boʻlsa qonun ajrashishga ruxsat bermasligi rostmi?
Oila huquqi

Xotin homilador boʻlsa yoki bola 1 yoshga toʻlmagan boʻlsa qonun ajrashishga ruxsat bermasligi rostmi?

Ha, bu gapda jon bor, lekin u faqat erkaklarga tegishli! Qonun boʻyicha, ayol homilador boʻlgan vaqtda va bola 1 yoshga toʻlguniga qadar er oʻz xohishi bilan (xotinining roziligisiz) ajrashishga ariza bera olmaydi. Lekin, agar ajrashishni xotinning oʻzi talab qilsa yoki erining ajrashish talabiga rozi boʻlsa, qonun ajrashishga ruxsat beradi. Batafsil quyida oʻqing!

1 535
Chet el fuqarosiga turmushga chiqish (yoki uylanish) va ajrashish: Nimalarni bilish shart?
Oila huquqi

Chet el fuqarosiga turmushga chiqish (yoki uylanish) va ajrashish: Nimalarni bilish shart?

Chet el fuqarosi bilan nikoh qurish yoki ajrashish Oʻzbekiston qonunchiligi (Oila kodeksi) boʻyicha amalga oshirilishi mumkin. Eng asosiysi: ZAGSdan oʻtish uchun chet ellik shaxs oʻz davlatidan “oilali emasligi” haqida rasmiy ma'lumotnoma olib kelishi shart. Agar kelajakda ajrashishga toʻgʻri kelsa, Oʻzbekiston sudi orqali (hatto u chet elga ketib qolgan boʻlsa ham) ajrashish mumkin. Ammo aliment va mulk undirish xalqaro miqyosda juda murakkab jarayon boʻlgani uchun, eng toʻgʻri yoʻl — Nikoh shartnomasi tuzishdir!

665