Ijtimoiy tarmoqlardagi soxta xabarlar va ularga belgilangan qonuniy chora yo`sinlari. Fake news haqida

Annotatsiya

Ushbu maqolada internet foydalanuvchilari tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oqibatlari bayon etilgan. Maqolada yoritilgan muammo mazunining nechog`lik dolzarbliligi birgina jamiyat doirasi bilangina cheklanib qolmasdan, davlat siyosatiga molik masalar ekanligi taqdim etilgan ma`lumotlarga tayanilganligi asoslab berilgan. Qonunbuzilish holatlari dalillarga tayangan holda taxlil qilingan. Shu bilan birgalikda muammoning ilmiy ishlab chiqish darajasi, bunga doir olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning mazmuni yoritilgan. Bunday holatlarning bartaraf etish xorij tajribasiga asoslangan holda o‘rganishi lozimligi, bu borada mutaxassislarining berigan ilmiy xulosa va takliflari bayon etilgan. Soxta xabarlarning tarqalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar qanday holatlarda yuzaga kelishi o`rganilgan. Nega aynan bunday jinoyatchiliklar sodir etilsada, qonunbuzarlarga qonuniy chora ko`rish yo`llari mavjud emasligi, hali hamon kamchiliklar mavjudligi daliliy isbotlar bilan yoritilgan. Xo‘sh, O‘zbekistonda bunga nisbatan qanday chora tadbirlar ko‘rilayotgani,qonunchilikning bunga fikri qandayligi asoslicha o`rganilgan. O‘zbekiston uchun soxta xabarlar mavzusi nima uchun muhimligi analiz qilingan.

Olingan ma`lumotlarga tayangan holda yakuniy yechim va takliflar berilgan.

Kalit so’zlar

Feyk xabarlar, axborot erkinligi prinspi, virtual resurslar, deep-fakes, kiberjinoyatchilik, kiberxavsizlik tashkilotlari, media-savodxonlik dasturi

 

Fikr erkinligi – insonning asosiy huquqlaridan biri. O’z nuqtai nazarini ifoda etish va erkin gapirish jamiyatdagi o’zgarishlar uchun muhimdir. So’z erkinligisiz hech qanday huquqlarga erishish mumkin emas. Ammo bu kabi holatlar fikr erkinligiga kirmaydi, soxta va uydirma ma’lumot to‘qib, o‘zgani haqoratlashdan boshqasi emas.
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining xolis va adolatli, tezkor va aniq bo’lishi uchun qat’iy qoidalar mavjud. Misol uchun Konstitutsiyasida so’z erkinligiga bo’lgan huquqni quyidagi hollarda istisno qiladi: odobsizlik, ustidan kulish (bulling), tuhmat (uydirma, bo’xton), bolalar pornografiyasi, yolg’on guvohlik berish, shantaj, noqonuniy harakatlarga da’vat qilish, haqiqiy tahdid va jinoyatlarga da’vat qilish.[ 1]
Ijtimoiy tarmoqlar asrida tarmoq foydalanuvchisi qarshisida haqqoniy axborotni yolg‘onidan ajratish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Gap faqat noaniq fakt va ma’lumotlar to‘g‘risida emas, balki avval boshdan biron maqsadni ko‘zlab ataylab to‘qilgan yolg‘on xabarlar, ya’ni feyklar haqida bormoqda.
Feyklar ichki va tashqi siyosatga ta’sir o‘tkazadi, xususan, mamlakatlararo ziddiyatlarni kuchaytiradi, saylovchilarni va davlat miqyosida muhim qarorlar qabul qiluvchi shaxslarni chalg‘itadi, oddiy insonlarning kundalik maishiy hayoti va ruhiy xotirjamligiga putur yetkazadi.
Fikrimiz isbotiga quyidagi ikki misolni keltiramiz:
1-keys. Vashingtonda otishma. 2016 yil Xillari Klinton xonimning yosh bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotga aloqadorligi haqidagi yolg‘on xabarga ishongan 28 yashar shaxs Comet Ping Pong pitsseriyasiga to‘pponcha bilan kirib keladi va muassasa sohibini ham shu tashkilotga a’zo degan gumonda unga qarata o‘q uza boshlaydi. Yaxshiki, bunda hech kim jiddiy zararlanmadi.[2]

2-keys. 2016 yilning dekabrida Pokiston mudofaa vaziri Xavoja Asif o‘zining Twitter sahifasida «Isroil Islomobodga yadro quroli bilan po‘pisa qildi, ammo Tel-Aviv Pokistonda ham yadro quroli borligini unutmasin» degan mazmunda tvit yozib qoldirdi. Vazir AWD News saytida e’lon qilingan feyk xabarga ishonib bu tvitni yozgan edi. Isroil mazkur xabar yolg‘on ekanini isbotlash uchun ancha ovora bo‘ldi. Birgina yolg‘on xabar mamlakatlararo siyosiy inqirozga sabab bo‘layozdi.[3]

Ko‘rinib turganidek, yolg‘on xabarlarga hokimiyatda katta vakolat va kuchga ega insonlar, saylovchilar, kasallarni davolovchi vrachlar, umuman, muhim qarorlar qabul qiluvchi insonlar ishonib qo‘yishlari mumkin. Bu esa juda jiddiy oqibatlarga olib kelishini taxmin qilish qiyin emas.Bugungi kunda feyklardan kelayotgan xavf ko‘lamini to‘g‘ri baholab, ularga qarshi davlat miqyosida kurashish tendensiyasi dunyo davlatlari orasida tobora rivojlanib borayotganini ko‘rish mumkin.
Ayniqsa, «deep-fakes» (sun’iy aql ishtirokida soxta axborot, foto va videomateriallarni tayyorlash) avj olib borayotganini kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan yolg`on xabarlar mavzusi yirik muhokama maydonlarida tez-tez tilga olinmoqda. Jumladan, 2019 yil 21-22 fevralda Venada bo‘lib o‘tgan YEXHT Parlament assambleyasining qishki sessiyasida [4] bu mavzu diqqat e’tiborda turdi. Bundan tashqari, 2019 yilgi Xalqaro Peterburg yuridik forumi ham «Feyk-nyus borasidagi qonunchilikka OAVning munosabati: Rossiya va jahon tajribasi» mavzusida o‘tkazildi.[5] Feyklarga qarshi kurash strategiyasini izlab topish hozirda qator Yevropa mamlakatlari va AQSHning prioritetlari qatoridan joy olgan.
Fayk news o’zi nima?
Feyk- ingliz tilidagi “fake”, ya’ni soxta, uydirma, yolg‘on so‘zidan olingan. Bu o‘zbek tiliga, ayniqsa, ijtimoiy tarmoq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritilmoqda. Umuman olganda feyk – asosan internet kanallari orqali tarqatilishi urf bo‘layotgan soxta xabarlar yoki ma’lumotlardan iborat.[6]
Soxta yangiliklar fenomeni qachon paydo bo’lganligini aniqlash qiyin, ammo yolg’on xabarlar doimo ziddiyatlar asosida yaratiladi. Jahonda sodir bo‘layotgan urushlar, diniy va milliy ziddiyatlar, ichki siyosiy nizolarning barchasining asosida yolg‘on xabarlar yotib, ularni kelib chiqishiga turtki bo‘ladi. Feyk xabarlarni tarqatishdan asosiy maqsad e’tiborni tortish, yolg‘on xabarlarga foydalanuvchilarni ishontirish, jamiyatda amaldagi hukumatga nisbatan ishonchsizlikni hosil qilish. Bu biz ahamiyat bermayotgan mayda ammo asorati katta bo‘lgan muommolardan biridir.Sababi hozirgi kunda aholining 51 foizi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi 2020 yil iyul oyidagi ma’lumotlariga ko’ra, 3,96 milliard kishi (dunyo aholisining 51%) ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi.O’zbekistonda 2020 yil yanvar oyida bu ko’rsatkich 3,2 million kishiga etdi. [7] 2018-yil boshida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanirish vazirligi bergan ma`lumotiga binoan O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan oshgan. Ijtimoiy tarmoqlarning (Facebook, Instagram, Telegram) faol kundalik auditoriyasi 1,6 mln foydalanuvchini tashkil etadi.[8]
Har qanday noto‘g‘ri xabar feyk bo‘ladimi?
-Yo‘q, har qanday noto‘g‘ri ma’lumot ham feyk bo‘lavermaydi. Bunda ushbu ma’lumotning kelib chiqishi va uni tarqatishdan ko‘zlangan maqsad muhim rol o‘ynaydi.Masalan, ob-havo ma’lumotlarini tarqatuvchi «bugun yomg‘ir yog‘maydi» desa, bunday deyishga ilmiy-tadqiqiy asoslari bo‘lsa, ammo yomg‘ir yog‘sa, ushbu ma’lumot feyk hisoblanmaydi. Biroq bugun yomg‘ir yog‘ish-yog‘masligi haqida umuman ma’lumotga ega bo‘lmay, «yomg‘ir yog‘adi» deya ataydan yolg‘on ma’lumot tarqatsa, feyk bo‘ladi.
Feyklarning oddiy jurnalistlik xatolaridan farqi shuki, ular avval boshdanoq ma’lum manfaatlarni ko‘zlab, ataydan to‘qib chiqariladi va tarqatiladi.Shu sababli ham jahon tajribasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik aynan «avvaldan bila turib ataydan tayyorlash va tarqatish» holatlariga nisbatan tatbiq etilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Ya’ni axborot tarqatuvchining noto‘g‘ri ma’lumotni tarqatishda uning noto‘g‘ri ekanini bilishi va bundan biron manfaat-maqsad ko‘zlagani isbotlanishi lozim. Olaylik, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi u yoki bu ma’lumotning rostligiga ishonib, uni o‘z sahifasida ulashsa, bu huquqbuzarlik emas, biroq ma’lumotning yolg‘onligini bilib turib uni yaratsa va/yoki uni tarqatishda ishtirok etsa, huquqbuzarlik deb qaraladi. Bunda tarqatilgan ma’lumotning feyk yoki xato deb tan olinishini mansabdor shaxs emas, sud hal qiladi.[9]
Ba’zan odamlar yolg‘onligi aniq bo‘lib turgan axborotga ko‘proq ishonishadi. Chunki inson tabiatida yolg‘onga ishonish kuchliroq. Yolg‘on xabarda kimningdir sha’niga nisbatan salbiy fikrlar bo‘ladi, u, albatta, tanqidiy bo‘ladi. Axborot oluvchilar odatda haqiqiy holat baribir yashiriladi, degan gumonda yolg‘on mazmundagi axborotga ko‘proq ishonadi. Shuning uchun yolg‘on axborot qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, unga ishonch kuchliroq va haqiqat yuzaga chiqquniga qadar odamlar orasida aylanib yuradi.Bu bir tomondan, axborotni o‘z vaqtida oshkor qilmaslik bilan ham bog‘liq. Shuning uchun feyk xabarlarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi oson. U yoki bu axborot rasmiy manbalarda chop etilmagach, turli kanallarda, bu sohada professional bo‘lmagan insonlar tomonidan voqealarning noto‘g‘ri talqin qilingan holda tarqalishi mana shunday oqibatlarni ham keltirib chiqaradi.
Soxta yangiliklarning tarqalishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri bu axborot mahsulotlarini ishlab chiqarishda media institutlari tomonidan monopoliyani yo’qotishdir. 50 yoki 70 yil oldin, ommaviy aloqani ilmiy asoslashga urinishlar yangi boshlanganda, yangiliklar mahsulotlarini yaratish imkoniyatiga ega bo’lgan asosiy ommaviy axborot vositalari institutlari, ya’ni yirik gazetalar, nashriyotlar, televizion studiyalar, media-konglomeratlar, davlat kanallari va boshqa yirik o’yinchilarning media bozori vakillari bo’lgan. Bu, birinchi navbatda, televizion eshittirish juda ko’p resurslarni talab qiluvchi jarayon bo’lganligi va gazetalarni ommaviy bosib chiqarish moddiy resurslarning katta xarajatlari va boshqa ko’plab muassasalar bilan aloqalarni o’rnatish zarurati bilan bog’liqligi bilan izohlanadi.[ 10]
Muammoni ilmiy ishlab chiqish darajasi haqida gapiradigan bo`lsak. Axborot muhitiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan soxta yangiliklar qator rus va xorijiy tadqiqotchilarning ilmiy qiziqishlari doirasidir. Soxta yangiliklarning taniqli yaratuvchisi Mil Grnkarov soxta ma’lumotni yaratish soddaligi va uni fosh etishning o’ta qiyinligi haqida shunday deydi: «Ko’pgina soxta yangiliklar oddiy odamlar tomonidan yoziladi. Bir narsa aniq: soxta yangiliklarni to’qish va tarqatish uni aniqlash va fosh etishdan ko’ra ancha osondir »[11]. Mil Grnkarov 13 yoshida soxta yangiliklardan foydalanishni boshladi. Makedoniyadan Siyosatshunoslik va biznesni boshqarish yo’nalishida tahsil olgan talaba sifatida Mil dunyo miqyosidagi muhim saylovlarda diqqat markazida bo’lgan.Mashxur prodyuser Gay Kampanelli o‘z nutqida “Biz gaplashayotgan narsa – bu havodan to’qib chiqarilgan hikoyalar. Ko’pgina o’lchovlar bo’yicha, ataylab va har qanday ta’rifga ko’ra bu yolg’ondir”[12], deb ta’rif beradi.
Soxta yangiliklar: nega bu muammo va u bilan qanday kurashish mumkin?
Xalqaro tadqiqotlarga ko`ra dastlab alohida shaxslar yoki turli e`tiqotdagi kichik guruhlar tomonidan amalga oshirilib kelingan “badnom qilish” usuli keyinchalik tartibli usulda ma`lum mavqeyga ega jurnalistlar, siyosatchilar hamda mansabdor shaxslarga nisbatan keng qoralovchi usulga aylandi.[13]
Soxta yangiliklar atamasiga 2015 yildan beri ko’proq e’tibor berilib kelinmoqda. Afsuski, dunyoda yagona, umuman qabul qilingan atama yo’q, ammo olimlar, jurnalistlar va siyosatchilar ushbu mavzuni faol muhokama qilishmoqda.Olimlarning fikriga ko’ra, tekshirish ma’lumot bilan ishlash usullaridan biri, faktlarni tekshirish esa materiallarni tayyorlash formatidir.[14]
Nima uchun soxta yangiliklar juda qiyin muammo?
Bu erda ikkita omil muhim rol o’ynaydi.
Birinchidan, psixologik omil. Soxta narsalar bizning e’tiborimizni bir zumda jalb qiladigan hissiyotlarga, rang-barang va ba’zan haqiqiy bo’lmagan sarlavhalarga asoslangan. Masalan, agar siz alkogol koronavirusni engib o’tishga qodir deb hisoblasangiz, u holda alkogolning samaradorligini tasdiqlaydigan yangiliklarga duch kelsangiz, ehtimol siz uni “tibbiy maqsadlar” uchun ishlatgansiz.
Ikkinchi omil – bu insonning kundalik hayotida ijtimoiy sahifalar rolining tez o’sishi. Facebook, Twitter, YouTube va Google kabi texnik gigantlar muammoni tekshiruvchi kompaniyalarni yollash orqali muammoni hal qilishga urinmoqdalar, ammo bu ham epidemiyani to’xtata olmadi. Muammo, biz allaqachon ko’rib chiqqanimizdek, nafaqat tabiatan texnologik, balki psixologik hamdir.
Soxta yangiliklarni kim yaratadi
Kipr Texnologiya universiteti va Birmingemdagi Alabama universiteti olimlari quyidagi bo’linishni taklif qilishadi:
– Terroristik tashkilotlar. Ijtimoiy sahifalar ular uchun yangi a’zolarni jalb qilish uchun platforma bo’lib xizmat qiladi.
-Trollar. Xuddi shu ro’yxatda olimlar trollarni kiritishni taklif qilmoqdalar, ular o’zlarining fikriga ko’ra Internetning boshqa foydalanuvchilarini bezovta qilish va ularga aralashish uchun ishlaydi. Bunga Aziza Umarovaning ishi kiradi, u 2019 yilda “O’zbekiston havo yo’llari” ni tanqid qilgandan so’ng trollarning faollashishini e’lon qildi.[15] Trolling ko’pincha satira bilan aralashadi, shuning uchun olimlar va jurnalistlar hali ham aniq chegaralarni aniqlay olmaydilar.
– Iqtisodiy foydadan manfaatdor odamlar. Soxta yangiliklar butun kompaniyalarni xarob bo’lishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun manfaatdor tomonlar raqobatchilarga qarshi mish-mishlar va yolg’on yangiliklarni tarqatishga kirishadilar.
– Jurnalistlar. Shuni esda tutish kerakki, ayrim hollarda jurnalistlar bosim ostida, ko’pincha – vaqt omili bosimi ostida, xabardorlik darajasi, manbalarning to’g’riligi, shuningdek, davlat organlari tomonidan ma’lumotni yashirish yoki buzib ko’rsatishda ishlaydi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda bunga nisbatan qanday chora tadbirlar ko‘rilyapti? O‘zbekiston uchun soxta xabarlar mavzusi nima uchun muhim?
Butun dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ijtimoiy tarmoqlar allaqachon jamoatchilik fikrini shakllantirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan virtual makonga aylandi.
Afsuski, bunda ta’sir usullari va vositalari doim ham qonuniy, to‘g‘ri va maqsadga muvofiq tanlanmayapti. Yuqorida biz feyklarning turli maqsadlar yo‘lida qo‘llaniladigan yuqori samarali, ammo oqibatlarini taxmin qilish mushkul bo‘lgan vosita ekanini aytib o‘tdik. Masalaga bugun ijtimoiy tarmoqlar o‘zbek segmenti misolida qarasak, muammolarni yanada aniq ko‘ramiz.Masalan, yerqalampirni koronavirusga davo degan feyk ortidan moddiy foyda ko‘rishdan tortib u yoki bu amaldorni «o‘ldi-qamaldi»ga chiqarib, asossiz xavotir uyg‘otish orqali omma ongini manipulyatsiya qilishga urinishgacha.
Fake xabarlarga qarshi kurashda aholining mediasavodxonligini oshirishdan tortib ushbu masalani qonun orqali tartibga solishgacha bo‘lgan qilinadigan qator masalalarga yechim topish lozim.
Xususan, Milliy qonunchiligimizda feyk xabarlarni tarqatganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan. Ma’muriy va Jinoyat kodekslarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ijtimoiy muhim ahamiyatga molik masalalarda yolg‘on ma’lumotlarni haqiqiy deb taqdim etishga javobgarlik belgilanmagan.
Ayrim faol internet foydalanuvchilarida axborot madaniyatining past darajadaligi hamda mas’uliyatsizlik va jazoga tortilmaslik tuyg‘usi sabab aholi orasida sarosimaga va ijtimoiy munosabatlarning beqarorlashuviga olib keluvchi yolg‘on axborotlar va uydirmalar faol tarqatilayotgani kuzatilmoqda.
Bu holat, o‘z navbatida, mamlakat hayotidagi jarayonlar va voqealarga nisbatan jamoatchilikning asossiz salbiy fikri shakllanishi to‘g‘risidagi xavotirlarga sabab bo‘lmoqda. Zero ko‘pchilik fuqarolar mazkur xabarlarni haqiqiy va to‘g‘ri deb qabul qiladi. Shu bois bugun ushbu harakatlar uchun javobgarlik masalasi kun tartibiga chiqdi.
Ayni masalaga yondashishda tartibga solishni senzura bilan adashtirmaslik, me’yor va mezonlarni aniq belgilab olish hamda qaror qabul qilish vakolati sudlarda ekanini unutmaslik lozim.
Bu kabi holatlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatishdagi qonunga xilof harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarligi kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublika qonun-hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 2007-yil 30-noyabr qonunida kompyuter tizimida noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq xavfli qilmishlar jinoyat deb belgilandi hamda jinoyat kodeksi “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” nomi bilan XX bob bilan toldirildi. Mazkur bob Jinoyat kodeksi maxsus qismining “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibga qarshi jinoyatlar ” deb nomlangan oltinchi bo‘limga kiritildi.[16] Butun dunyodagi kabi O‘zbekistonda ham mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qonunlar mavjud bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ommaviy axborot vositalariga bag‘ishlangan 67-moddasida “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar”, deb yozilgan. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida “Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari axborotning oshkoraligi, hamma olishi mumkinligi, ochiqligi va haqqoniyligidan iboratdir”, deyilgan. Bulardan tashqari, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida: “Axborotni buzib talqin etish va soxtalash-tirish taqiqlanadi.
Ommaviy axborot vositalarida noto’g’ri ma’lumotlarni rad etish holatlari tez-tez uchrayotganiga e’tibor berganmisiz? Masalan, O’zbekistondagi blokirovka davomida karantin choralarining uzaytirilishi, Toshkentda ko’k rangdan foyda-lanishni taqiqlash va hattoki “monster” ning tomlarida uchib yurgani haqida rad etishlar bir necha bor e’lon qilingan.
O‘zbekistonda AntiFake.Uz [17] soxta yangiliklarini rad etish uchun maxsus kanal ochildi. Shuningdek, 2020 yil dekabr oyida O’zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari yolg’on ma’lumotni, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internetda tarqatganlik uchun ma’muriy jazo choralari va jinoiy jazoni joriy etish to’g’risidagi qonun loyihasini ma’qulladilar. Endi, shaxsni kamsitishga yoki obro’sizlantirishga olib kelgan yolg’on ma’lumot uchun 50 BRV miqdorida jarima qo’llaniladi va jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi dezinformatsiya 50 dan 100 BRVgacha jarimani nazarda tutadi.
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on ma’lumotlarga qarshi kurashish bo‘yicha birorta qo‘mita tashkil qilinmagan.To‘g‘ri diniy ekstremizm,terrorizm hamda davlatga qarshi qaratilgan ma’lumotlarni aniqlash-kurashish bo‘yicha qo‘mita tuzilgan,ammo bu qo‘mita yolg‘on ma’lumotlar bilan ish ko‘rmaydi.Mart oyida O’zbekistonda jinoyat kodeksiga o’zgartirishlar kiritilib, karantin haqida yolg’on ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy jaborgarlik belgilangan edi, deya xabar bergan o’sha payda OAV. Yolgʻon xabarlarga qarshi kurashish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlarining va umuman aholi barcha qatlamining oʻrni katta. Yolgʻon axborot qancha tez tarqalsa, shuncha tez unga qarshi toʻgʻri va xolis axborotni isteʼmolchilar eʼtiboriga yetkazish talab qilinadi. 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi 400-I-son Qonunning 5-moddasida har kim axborot olishni soʻrab bevosita oʻzi yoxud qonuniy vakillari orqali murojaat etish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilan.[18]
Qonunning 121-moddasida hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni Internetda tarqatish tartibi belgilangan. Unga koʻra qaysi turdagi axborot turlari Internetda tarqatilmasligi nomma-nom koʻrsatib oʻtilgan.
Bundan tashqari moddada veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni joylashtirishdan avval uning toʻgʻriligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning notoʻgʻriligi aniqlangan taqdirda uni darhol oʻchirib tashlashi shartligi koʻrsatilgan.

1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan “Reklama toʻgʻrisida”gi 723-I-son Qonunda notoʻgʻri va yashirin reklama tushunchalarining mavjudligi yolgʻon reklamaga qarshi kurashish boʻyicha normativ asos borligini koʻrsatadi.
Shu sababli yolgʻon axborotga qarshi kurashish boʻyicha alohida qonun hujjati ishlab chiqishning zarurati yoʻq. Faqatgina ularga nisbatan kurashni kuchaytirish maqsadida qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish lozim boʻladi. Xususan, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 121-moddasi 3-qismida belgilangan talablarga amal qilinmagan taqdirda veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.
Ammo amalda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qanaqa tartib belgilanganligi va qanday organ maxsus vakolatli organ hisoblanishi toʻgʻrisida amaldagi qonunchilikda biron-bir normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.
“Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunda shaxslar qatori yolgʻon maʼlumotlarni tarqatgan ommaviy axborot vositasiga ushbu faktni OAVning oʻzi aniqlagan hollarda oʻz tashabbusiga koʻra axborot boʻyicha raddiya berish huquqini berish kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga belgilangan oʻzgartirishlarni kiritgan holda yolgʻon maʼlumotlarni bila turib tarqatganlik uchun javobgarlikni kiritish maqsadga muvofiq.[ 19 ]
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 237-moddasiga yolgʻon xabar berganlik uchun javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlardan biri sifatida jinoyat toʻgʻrisida berilgan yolgʻon xabar aholi oʻrtasida vahima yoki qoʻrquv chiqargan holatlarni kiritish lozim boʻladi.[20 ]

Xorijiy davlatlar tajribasi nimalarga e’tibor qaratayotganini o`rganishimiz muxum. Jumladan, Malayziyada 2018 yil aprelida “Yolgʻon xabarlarga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi.Oradan koʻp vaqt oʻtmay, yaʼni 2018 yilning avgust oyida mazkur qonun bekor qilindi. Bunga jamoatchilikning Qonunga eʼtirozi, huquq himoyachilarining noroziligi sabab boʻldi. Ularning fikricha, qonun fuqarolarning soʻz erkinligiga boʻlgan huquqini cheklashni koʻzlagan. Qonun oʻzi amalda boʻlgan davr mobaynida koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan edi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan yolgʻon xabar tarqatayotgan ommaviy axborot vositalariga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinishi eʼlon qilindi.Shunga qaramay Fransiya Milliy Majlisi quyi palatasi “Yolgʻon xabarga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini maʼqulladi. Agar mazkur qonun kuchga kirsa, fransuz sudlari ommaviy axborot vositasini ularning ishonchliligi boʻyicha kelib tushgan shikoyatga koʻra bloklab qoʻyish vakolatiga ega boʻladi va 48 soat ichida axborotning toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini aniqlaydi.
Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashining quyi palatasi – Davlat Dumasi tomonidan ham 2019 yil yanvaridan boshlab yolgʻon xabarga qarshi kurashish maqsadida “Axborot, axborot texnologiyalari va axborot himoyasi toʻgʻrisida”gi va “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Federal qonunlarga oʻzgartirishlar kiritish ustida ishlanmoqda. Bu borada maʼlum natijalarga erishildi ham. 2019 yil 13 mart kuni Rossiya Federatsiya Kengashi yolgʻon xabarlar tarqatgan resurslarni bloklash va jazolash koʻzda tutilgan qonun loyihasini maʼqulladi.
Ukraina Oliy Radada yolgʻon xabarlarga qarshi kurash maqsadida bir nechta variantlar ilgari surilgan. Ulardan biri yolgʻon xabar tarqatgan jurnalistlarni sud qaroriga muvofiq ommaviy reyestrga kiritishdir. Shuningdek yolgʻon xabar tarqatganlik uchun katta miqdordagi jarimalar qoʻllash ham taklif etilmoqda.
Fransiya, Rossiya va Ukrainada ilgari surilayotgan qonun loyihalarida asosiy urgʻu yolgʻon xabar tarqatgan jurnalistlar va ular faoliyat olib boradigan ommaviy axborot vositalariga nisbatan qaratilgan. Ulardan farqli ravishda Malayziya tomonidan qabul qilinib, bekor qilingan qonunda javobgarlik subyekti nafaqat jurnalist yoki ommaviy axborot vositasi, balki jismoniy hatto yuridik shaxslarning ham javobgarligi nazarda tutilgan.
Buyuk Britaniyada Internetdagi feyklar va manipulyatsiyalarga qarshi kurashish keng tus olgan. Hozirgi kunda Buyuk Britaniya hukumati tomonidan internet tartibga solish prinsiplarini oʻzida aks ettiruvchi Raqamli xartiyani qabul qilish ustida ish olib borilmoqda. Buning uchun koʻngillilar, IT-kompaniyalar, taʼlim muassasalari, aholi va jamoatchilik tashkilotlari jalb qilingan
Mediada savodxonlik kampaniyasi Kanadada ham keng qo’llanilmoqda. 2019 yilda Kanadadagi parlament saylovlari oldidan rasmiylar dezinformatsiya va saylovlarning aralashuviga qarshi kurashish uchun hukumatning maxsus guruhini tuzdilar. Singapurda media-savodxonlik dasturi ishga tushirildi. Biroq, Internetda yolg’on ma’lumot tarqatadigan odamlar javobgarlikka tortiladilar. Ummonda hukumat davlat xizmatchilarining malakasini oshirmoqda, ammo mamlakatda qat’iy qonunlar ham mavjud.
Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti COVID-19 pandemiyasi paytida dezinformatsiya tarqalishiga qarshi kurashning beshta usulini taklif qildi. Bularga dalillarni yig’ish va ishonchli ma’lumotlarni tarqatish, yirik telekommunikatsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda kampaniyalarni boshlash, jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro aloqalar va fuqarolik jamiyati bilan ishlash kiradi. Shuningdek, BMT so’z erkinligi tamoyillariga rioya qilish zarurligini eslatdi.

Soxta yangiliklar muommosiga huquqiy yechim bormi?
Yolg`on ma`lumotlarni tarqatayotgan trollarni qay tarzda jazoga tortish mumkin?
Qisqa javob ha, ammo bu unchalik oddiy emas. Mamlakatlar, jurnalistlar, akademiklar va siyosatchilar dezinformatsiya va yolg’on ma’lumotlarga qarshi kurashishning turli usullarini qo’llashmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida Internetda tarqaluvchi yolgʻon xabarlarga qarshi kurashuvchi alohida qonun hujjati mavjud emas. Lekin axborot, axborotlashtirish va reklama sohalarini, ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari mavjud. Shu sababli oʻrganilgan xorij davlatlari tajribasidan kelib chiqqan holda mavjud qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan vujudga kelgan huquq boʻshliqlarini Bartaraf etish mumkin.
Albatta, tanganing ikki tomonini koʻra bilish lozim. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi doʻstlar orttiriladi, mavjudlari bilan aloqalar mustahkamlab boriladi, uydan yoki ofisdan chiqmay turib xaridlar qilinadi, mahsulot narxlari haqida maʼlumotga ega boʻlinadi va yangiliklardan soniyalar ichida xabardor boʻlish imkoniyati mavjud. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining yarmi brend mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarining sahifalariga obuna boʻlishgan.
Tanganing ikkinchi tomoniga nazar tashlanadigan boʻlsa.Ularning baʼzilari bu orqali piar yaratish, baʼzilari kimlarnidir obroʻsizlantirishni, aholi oʻrtasida vahima uygʻotishni, turli boʻhtonlar tarqatib, davlat hokimiyati organlari obroʻsini toʻkishni maqsad qilgan. Shu sababli dunyo davlatlari Internetda tarqatilayotgan yolgʻon xabarlarga qarshi kurashish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha fikr yuritmoqda
Hodisa aybdorlari toʻgʻrisida yolgʻon faktorlarni maʼlum qilish, masalan, aslida umuman hodisaga aloqador boʻlmagan shaxslarni hodisa ishtirokchisi, hodisa aybdori sifatida koʻrsatganlik uchun javobgarlik masalalari qonunchilikda bayon etilmagan.
Amalda mamlakatimizda yolgʻon axborotlarni tarqatishga qarshi quyidagicha holat mavjud:
Oʻzini bechorahol, ogʻir bemor sifatida yoki shunday turdagi bemorlarni davolovchi, yaxshi odamlarning xayr-ehsoni hisobiga boyishni maqsad qilgan shaxslarni insonlarning ishonchini suiisteʼmol qilib, boylik orttirishni maqsad qilganidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksi 168-moddasida belgilangan firibgarlik jinoyati bilan kvalifikatsiya qilish mumkin;
Kishilar oʻrtasida vahima va qoʻrquv kayfiyatini uygʻotish maqsadida terrorchilik akti sodir etilganligi toʻgʻrisida notoʻgʻri xabar berganlik Jinoyat kodeksi 237-moddasida belgilangan yolgʻon xabar berish jinoyati bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Bundan tashqari Internet tarmogʻida kishilarni oʻziga jalb qilish, boylik orttirish maqsadida ogʻir kasalliklarni davolovchi dorilarni ixtiro qilganligi yoki shunday kasalni davolashini aytib yolgʻon axborot berishni JK 168-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish imkoni mavjud. Mobil aloqa vositasi orqali yolgʻon xabar tarqatish holatlari uchrab turishini inobatga olib, buni ham ushbu modda bilan qamrab olish mumkin.[21]
Shu bilan birga, bir qator holatlar boʻyicha qonunchilikda boʻshliqlar mavjud:
Aholi oʻrtasida vahima, qoʻrquv va davlatga qarshi norozilik kayfiyatini uygʻotish maqsadida halokatlar (tabiiy yoki boshqa turdagi) yolgʻon axborot tarqatganlik;
Aholi oʻrtasida vahima uygʻotish uchun aslida sodir boʻlgan fojialar toʻgʻrisida notoʻgʻri va tasdiqlanmagan axborot tarqatganlik;
Hodisa aybdorlari toʻgʻrisida yolgʻon faktorlarni maʼlum qilish, masalan, aslida umuman hodisaga aloqador boʻlmagan shaxslarni hodisa ishtirokchisi, hodisa aybdori sifatida koʻrsatganlik uchun javobgarlik masalalari qonunchilikda bayon etilmagan.
2007 yil 15 yanvardagi OʻRQ-78-son Qonun bilan tasdiqlangan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 34-moddasida Yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida eʼlon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda oʻzining shaʼni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obroʻsini tahqirlovchi maʼlumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab qilishga haqli ekanligi koʻrsatilgan. Bu bilan shaxslarning raddiya berish va javob qaytarish huquqi mustahkamlangan.Shu sababli yolgʻon axborotga qarshi kurashish boʻyicha alohida qonun hujjati ishlab chiqishning zarurati yoʻq. Faqatgina ularga nisbatan kurashni kuchaytirish maqsadida qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish lozim boʻladi. Xususan, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 121-moddasi 3-qismida belgilangan talablarga amal qilinmagan taqdirda veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan cheklanishi mumkin.[22]
Ammo amalda Vazirlar Mahkamasi tomonidan qanaqa tartib belgilanganligi va qanday organ maxsus vakolatli organ hisoblanishi toʻgʻrisida amaldagi qonunchilikda biron-bir normativ-huquqiy hujjat mavjud emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga belgilangan oʻzgartirishlarni kiritgan holda yolgʻon maʼlumotlarni bila turib tarqatganlik uchun javobgarlikni kiritish maqsadga muvofiq.
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 237-moddasiga yolgʻon xabar berganlik uchun javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlardan biri sifatida jinoyat toʻgʻrisida berilgan yolgʻon xabar aholi oʻrtasida vahima yoki qoʻrquv chiqargan holatlarni kiritish lozim boʻladi.

Xulosa o`rnida yuqorida aytilganlarning barchasini umumlashtirib, shuni aytish kerakki, soxta yangiliklar , so’nggi yillardagi raqamli asrning mahsuloti bo’lib, insoniyatning ikkinchi hayoti hisoblangan ijtimoiy tarmoqlarning buzg‘unchisiga aylandi. Bunda oddiy axborot mahsulotlarini iste’molchisi nima haqiqat va nima yolg’on ekanligini aniqlay olmaydi (va ba’zan istamaydi).
Ayni paytda tadqiqotchilar savollar berishmoqda: soxta yangiliklarni rivojlantirish uchun qanday shart-sharoitlar mavjud va jurnalistikaga qanchalik katta tahdid – bu sifatsiz ma’lumotlarning katta oqimi.
O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqqa bo‘lgan extiyoj xorijiy davlatlar bilan taqqoslaganda tenglashib ulgurdi.Endilikda ijtimoiy tarmoqlardagi jinoyatchilikni ikkinchi o‘ringa qo‘yish katta xatolik.Sababi birgina yolg‘on ma’lumotning shaxslarga ta’siri,keyinchalik butun bir jamiyatga zarar keltiradigan kuchga aylanmasligiga hech kim kafolat bermaydi
Eng maqul yechim, xalqaro kiberxavsizlik tashkilotlariga a’zo bo‘lib,hamkorlikda ish yuritish deb bilaman.Sababi kiberjinoyatchilik haqida xorij tajribasining salmog‘i oshiqroq.Hozirgi kunda kiberjinoyat deb nomlanagan jinoyat tez sur’atlar bilan oshib bormoqda va uning yangicha turi ,shakli paydo bo‘lmoqda.Jinoyatchilar uchun axborot kommunikatsiya sohasidagi sodir etilayotgan jinoyatlar eng bexatar va tinch yo‘ldir.Hech qanday daliliy ashyo qoldirmasdan masofadan turib jiniyatlarni amalga oshiradi.Bu esa Kriminalistik izlanish uchun qiyinchilik tug‘diradi.O‘ylaymanki,kiberxavfsizlik tizimiga yetuk dasturchi kadrlar qabul qilinsa,jinoyatlarni aniqlash unchalik ham mushkul bo‘lmaydi.Qonunga o‘zgartirishlar kiritish,jazoni va jarimalarni og‘irlashtirilgan shakliga almashtirish kinerjinoyatchilikning oldini olishga yechim bo‘ladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. https://www.norma.uz 25.06.2020 yildagi O`RQ-658 –son Qonuniga asosan
2. https://www.nytimes.com/ “The New York Times’’ By Cecilia Kang and Adam Goldman Dec. 5, 2016
3. https://www.nytimes.com/ “The New York Times’’ By Russell Goldman
Dec. 24, 2016
4. https:oscepa.org > meetings 21-22.02. 2019
5. https://spblegalforum.ru IX Sankt-Peterburg xalqaro yuridik forumi 2019 (SPIEF) manba Federal Sanoat mulk instituti – www1.fips.ru
6. Axborot texnologiyalari bilan bog’liq jinoyatlar haqida Vikipediyadan (bepul Internet entsiklopediyasi) tezkor ma’lumotnoma
7. https://www.gazeta.uz AKT vazirligining matbuot anjumani hisoboti 11.12.2020
8. uz.infocom.uz sayti maerialidan foydalanildi 27.01.2018 rukn: INTERNET
9. Urbek Toshkenov Huquqiy siyosat tadqiqot instituti ilmiy rahbari nutqidan
10. Borden, S. L. The role of journalist and the performance of journalism; Ethical lessons from «fake» news (seriously) / S. L. Borden, C. Tew // Journal of Mass
11. https:langustdesign.ru rasmiy saytdan olingan manba
12. Allcott, H., Gentzkow, M. Social Media and Fake News in the 2016
13. Батурин Ю.М., Жодзинский А.М. Компьютерная преступность и Компьютерная безопасность. – М.: НОРМА, 1991
14. Michele Simonato ”Information technology in criminal procedure” Dans Revue internationale de droit pénal 2014/1-2 (Vol. 85), pages 261 à 310
15. kun.uz manbasi 09.07.2019 yoki m.facebook.com Aziza Umarova shaxsiy posti
16. M.X. RUSTAMBAYEV “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I V TOM “ MAXSUS QISM T:. 703-719.betlar
17. AntiFake.UZ rasmiy sayti
18. “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi 400-I-son Qonunning 5-moddasida ; 24.04.1997

 

Javohir Abrorov Ismatullayevich

QMU Yuridik fakulteti

Yurispuridensiya yo`nalishi 3-bosqich talabasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications