Mehnat daftarchasini yuritish tartibi qanday?

Korxonada 5 kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasi tutiladi.

Mehnat daftarchasiga xodimning ishga qabul qilish, boshqa ishga oʼtkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish kabi maʼlumotlar yoziladi.

Xodimning iltimosiga koʼra, mehnat daftarchasiga boshqa yozuvlar kiritilishi mumkin. Bunda, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) yozilmaydi.

2020-yil 1-yanvardan boshlab mehnat daftarchalari Yagona milliy mehnat tizimi orqali elektron shaklda yuritiladi.

Elektron shakldagi mehnat daftarchalari roʼyxatdan oʼtkaziladigan mehnat shartnomalaridagi maʼlumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olishi kerak.

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications