“Assalomu alaykum men 2014-yildan beri nemis tili fanidan dars berib kelardim bu o’quv yilida direktorimiz ingliz tili fani mutaxassisi kelganligi sababli dars berolmayman ariza yozing dedi. Savolim shundan iboratki, meni ishdan ogohlantirishsiz bo’shatishga yoki xohishimsiz ariza yozdirishga haqqi bormi?”
Umuman haqqi yo’q. Xodimni ishdan bo’shatish oson ish emas. Undagi tartib qoidalarga amal qilish shart. Aks holda dirketorning o’ziga chora ko’rishga to’g’ri kelib qoladi.
Ish beruvchi Mehnat kodeksi 100-moddasi ikkinchi qismida belgilangan 7 ta holatdan biriga
asoslangan holda o’z tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.
Sizning vaziyatingizda ushbu asoslardan ikkitasini qo’llash mumkin.
Birinchisi: texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi; vaziyatda ushbu asoslardan ikkitasini qo’llash mumkin bo’ladi.
Ikkinchisi: xodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi yoki sog’lig’i holatiga ko’ra bajarayotgan ishiga noloyiq bo’lib qolishi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu asoslardan biriga muvofiq bekor qilishda ish beruvchi yuqoridagi kodeks 102-moddasida belgilangan ogohlantirish muddatlariga rioya qilishi shart.
Mazkur normaga muvofiq 1-asosga ko’ra ishdan bo’shatishda xodim 2 oy oldin 2-asosga ko’ra esa 2 hafta oldin yozma ravishda ogohlantirilishi kerak.
Bundan tashqari, kodeksning 107-moddasida belgilangan tartibda buyruq chiqarishi hamda xodim bilan 109-110-moddalarida belgilagan tartibda ishdan bo’shatish nafaqasini to’lashi, hisob-kitob qilishi lozim.
Agar ish beruvchi bu qoidalarga rioya qilmasa, xodim g’ayriqonuniy ishdan bo’shatilgan bo’ladi va ishga tiklanadi.
Ariza yozishga majburlash haqida.
Mehnat qonunchiligiga muvofiq xodimni ariza yozdirishga
majburlash mumkin emas. Bu taqiqlanadi.
Shuningdek, ish beruvchi xodimni 100-moddaga ko’ra ishdan bo’shatmoqchi bo’lsa, undan ariza yozishni talab qilishi shart emas. Buyruq chiqarishi kifoya.
Lekin Mehnat Kodeksining 99-moddasiga ko’ra xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so’ng xodim ishni to’xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisobkitob qilishi shart.
Ko’rinib turibdiki, bu mutlaqo boshqa holat. Va bu mehnat shartnomasini bekor qilishning boshqa asosi hisoblanadi. Mehnat shartnomasini bu modda bilan bekor qilish xodimning tashabbusidir. Ya’ni xodim agar o’zi xohlasagina shartnoma shu mudda bilan uning arizasiga ko’ra bekor qilinishi mumkin.
Demak, xodimdan ariza yozishni talab qilish noqonuniydir.