Ayollar jinoyatchiligini oldini olish – jamiyatning yuksak mas’uliyati

Jamiyatning, davlatning ertasi bevosita xalqning kelajagi bo‘lmish farzandlarni dunyoga keltirib, tarbiyalayotgan ayollarning qo‘lidadir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo, xalqning farzandlarini tarbiya qilayotgan onalar, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi kerak bo‘lgan qizlar haqida so‘z borganda “jinoyatchi” so‘zini ularga nisbatan qo‘llanilishi, jamiyatga uloqtirilgan tosh misoli og‘ir yukdir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich o‘z so‘zlarida doimiy ravishda ayollar hamda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi masalasiga a’lohida e’tibor qaratadilar va ushbu jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortishdan avval, jinoyatlarni keltirib chiqarayotgan sabablar bilan kurashish zarurligini bot-bot takrorlamoqdalar.

Haqiqatdan ham ayollar orasida yuzaga kelgan jinoyatchilik ko‘rsatkilarini tahlil qilar ekanmiz,  o‘rtacha har yuz ming ayollardan qirq yetti nafari jinoyatchi ekanligini bilishimiz mumkin.  Bu esa ayanchli raqamlardir. Ma’lumotlarga qaraganda jinoyat sodir etgan ayollarning ko‘p qismini band bo‘lmagan ayollar sodir etgan.

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ayollar masalasida a’lohida to‘xtalib o‘tdi va ayollarni qiynayotgan turli muommolarga yechim tariqasida bir qator takliflar bildirdi.

Jumladan, Murojaatnomada “Bizning mamlakatimizda istiqomat qilayotgan 17 milliondan ziyod opa-singillarimiz, qizlarimiz, onaxon va momolarimiz yuragidagi orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishimiz lozim”ligi qayd etilgan.

Bundan ayon bo‘ladiki, jamiyatda yashayotgan har bir ayol-qizning nafaqat muommosi, balki orzu-maqsadilarini amalga oshirish ham jamiyat oldidagi vazifadir. Prezidentimiz xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularga yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha yangi qadam sifatida hayotni va ayollar muommolarini yaxshi biladigan, faol va tashabbuskor opa-singillarimizdan iborat Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashini tashkil etish taklifini bildirdilar.

O‘ylaymizki, Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etilib, joylarda o‘ziga belgilangan vazifani mukammal bajarilsa, jamiyatdagi ayollarning qisman muommolariga barham beriladi hamda ularni qiynayotgan har qanday masalalarga birgalikda yechim topiladi va provard natijada ayollar va qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikning keskin kamayishiga, jamiyatning ajralmas qismini tashkil etgan oilalarda jinoyatchilikning qisqarishi kutiladi.

Millat, xalq barqaror va bardavom bo‘lishi uchun jamiyatimizda sog‘lom oila muhitini mustaxkamlashimiz, ayollar salomatligini va sog‘lom hayotini yanada ta’minlashimiz lozim bo‘ladi. Natijada jamiyatda ayollar jinoyatchiliginig kamayishiga, sog‘lom oila muhitini yaratishga erishiladi, bu esa xalqimizga zukko ertamiz egalarini tarbiyalash imkonini beradi.

Mahkamboyeva Nodira Ahmadjon qizi

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali 2-kurs talabasi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications