Oʼrindoshlik asosida ishlash — xodimning oʼzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan boʼsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq toʼlanadigan ishni bajarishi.
Ish vaqti
Oʼrindosh xodim uchun ish vaqti (hajmi) belgilangan normaning yarmidan koʼp boʼlishi mumkin emas (sogʼliqni saqlash tizimi vrach xodimlari bundan mustasno).
Oʼrindoshlik asosidagi ish joyi boʼyicha nafaqa olish mumkinmi?
Oʼrindoshlar oʼrindoshlik asosidagi ish joyi boʼyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʼish nafaqalari olish huquqiga ega.
Oʼrindoshlik asosida ishlash taqiqlangan shaxslar va ishlar
- 18 yoshga toʼlmagan shaxslar;
- noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlar shunday shart-sharoitdagi oʼrindoshlik ishlarda (sogʼliqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari bundan mustasno);
- avtomobil tashuvlari xavfsizligini taʼminlash xizmatining ishchisi (mutaxassisi) sifatida;
- respublika darajasidagi davlat boshqaruv organlari rahbar xodimlari;
- viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning oʼrinbosarlari;
- bir-biriga boʼysunuvchi yoki nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari (sogʼliqni saqlashni va taʼlim tizimidagi vrachlar va oʼqituvchilar bundan mustasno);
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shaxslar (xodimlar).
O’rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro’yxati.