Prezident saylovi kelajak tanlovi!

Mamlakatimizda kechayotgan demokratik o’zgarishlar va yangilanishlar fuqrolarimizning hayoti va yashash sur’atlarining beqiyos darajada yangilanib o’zgarib borayotgani bor haqiqat. Bu o’zgarishlarning barchasi eng avvalo kelajakka bo’lgan ishonch va albatta to’g’ri tanlov mevasidir. 2021 yil 24 oktabr Ozbekiston xalqi o’zining keyingi 5 yillik hayoti va porloq kelajagi uchun tanlovni amalga oshiradigan, O’zbekiston tarixiga zarhal harflar bilan bitiladigan tarixiy kun. Zero bu yilgi Prezident saylovi “Sening tanloving farzandlaring kelajagi”, “O’z kelajagingni o’zing belgila” shiorlari ostida bo’lib o’tmoqda. Sizga ma’lumki mamlakatimizda oʻtadigan muhim ijtimoiy-siyosiy voqealardan biri — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi boʻlib, u nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasining yaqin va uzoq muddatli istiqbolda yanada barqaror rivojlanishi uchun ulkan ahamiyatga egadir.

Ushbu saylovning o’tgan saylovlardan farqi shundaki, bu galgi prezident saylovi O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga binoan o’tkaziladi. Ushbu saylov kodeksi 2019 yil 25 iyunida “О‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi Qonun imzolanib, kuchga kirdi. Saylov kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tо‘g‘risida”gi, “О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylov tо‘g‘risida”gi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov tо‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari tо‘g‘risida”gi, “О‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tо‘g‘risida”gi va boshqa ayrim qonunlar о‘z kuchini yо‘qotdi, bir qator qonunlarga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritildi. Mazkur qonunlardagi masalalar bitta kodeksda о‘z ifodasini topdi. Kodeks ulardagi normalarni о‘zida jamladi va tizimlashtirdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90 moddasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi. 2021 yil 24 oktabrda bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlarni kuzatish va yoritib borish uchun xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar va jurnalistlar taklif qilingan. Biz fuqarolar ushbu muhim siyosiy jarayonda o’zimizning faol fuqarolik pozitsiyamizni ko’rsatmog’imiz darkor. Chunki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi har bir fuqaro uchun ozining siyosiy irodasini namoyish qilish uchun bir imkoniyat demakdir. Mana shu imkoniyatdan to’laqonli foydalanib, o’z kelajagimiz yo’lida o’zimiz munosib deb topgan nomzodga ovoz beramiz. Prezident saylovining ochiq, oshkora va adolatli tashkil etilishi orqali xalqaro kuzatuvchilar va OAV larning e’tirofiga sazovor bo’lmog’imiz kerak. Xalqaro kuzatuvchilar va OAV lari fuqarolarimiz siyosiy bilimini yuqori baholashi Prezident saylovining ochiq, oshkora va adolatli o’tgazilganini e’tirof etishi. O’zbekiston uchun xalqaro maydonda yanada kengroq imkoniyatlar eshiklarini ochadi. Shunday ekan, keling o’z kelajagimizni belgilash uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etaylik !!!

 

Ulug’bek O’rinboyev

Sirdaryo viloyati Yuridik texnikumi
mutaxassislik fanlari o’qituvchisi

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications