Qog‘ozlarda qolayotgan qonunlar yoxud rivojlanmagan huquqiy ong

Hozirgi kunga kelib jadal rivojlanish jarayonida islohotlar o‘ta dolzarb ahamiyatga ega. Qonunchilik sohasidagi islohotlar esa har qanday demokratik davlatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub negizini tashkil etadi. Serquyosh o‘lkamiz ham shular jumlasidan!

Qonunchilik sohasidagi (huquqiy) islohotlar o‘zi nima uchun kerak?

Vaqt oqimidagi jamiki narsalar o‘zgarishda bo‘lgani kabi, jamiyat ham ma’lum darajada o‘zgarishda bo‘ladi. Bu esa mutanosib ravishda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohasidagi yangi munosabatlarni keltirib chiqaradi. Natijada ana shunday yangi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy normalarga ehtiyoj seziladi va islohotlar orqali to‘ldirib boriladi. Eskirgan va talab darajasiga javob bermagan normalar huquqiy islohotlar orqali o‘zgartiriladi, takomillashtiriladi yoki butunlay bekor qilinadi. Mana shuning uchun ham qonunchilik sohasidagi (huquqiy) islohotlar davlat (jamiyat) uchun zarurdir.

Qonunlar (normativ-huquqiy xujjatlar)ga to‘liq rioya etiladimi yoki ular shunchaki qog‘ozlarda qolib ketadimi?
Demokratizimning asosiy belgilaridan biri qonuniylik prinsipidir. Qonuniylik prisipi bir vaqtning o‘zida qonunga rioya etish (bo‘ysunish)ni ham anglatadi. Demakki, bir ovozdan bong urib qonunlarga to‘liq rioya etiladi yoki to‘liq rioya etilmaydi deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Ayrim qonunlarga rioya etilsa, ayrimlariga rioya etilmaydi, masalaning achinarli jihati ham aynan shu! Quyida esa ulardan bir qancha kichik misollar ko‘rib chiqsak ayni maqsadga muvofiq bo‘ladi:

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 maydagi
386-son qarorining 82 bandiga (1 ilova) muvofiq quyidagi hollarda hayvonlarni go‘sht uchun so‘yish taqiqlanadi (faqat ayrim kategoriyalar keltirildi):
veterinariya vrachining ruxsati bo‘lmaganida;
o‘lim talvasasida bo‘lgan hayvonlar;
malleinizasiya qilinmagan bir tuyoqli hayvonlar.
Xo‘sh, buning amaldagi aksi qanday? Jon talvasasida yotgan xayvonlar “xarom ketmasin deb” tezroq bo‘g‘ziga pichoq tortilishimi? Vyeterinariya vrachining ruxsati haqida gapirmasak ham bo‘ladi… Ayniqsa to‘y-hashamlariyu, Qurbon hayitlarida…
• Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra (“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun”ning 18 va 28 moddalari): …murojaatlar davlat organlari, tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilinishi va ko‘rib chiqilishi shart… …taklif davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno bo‘lib, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

Xo‘sh, buning amaldagi aksi-chi? Oylab murojaatiga javob ololmagan, sarson-sargardonlikda yurgan va hatto, murojaat etadigan “shaxs”ning yo‘lini poylashga kunlarni sarflayotgan fuqarolarmi ?
Rivojlanmagan huquqiy ongning asl inikosi qanday ?

Savolga javob berishdan avval huquqiy ong degan tushunchaga aniqlik kiritib olish darkor. Huquqiy ong deganda mavjud huquq va qonunchilik haqida kishilar ongidagi tasavvurlar, qarashlar, tushunchalar va axborotlar tushuniladi. Yana ham soddaroq qilib aytganda kishilarning mavjud huquq va qonunlarni bilishlaridir. Rivojlanmagan huquqiy ong esa, ongning huquqiy sohadagi bilimsiz ko‘rinishidir. Yuqorida qonunlarning qog‘ozlarda qolishini ta’kidladik. Bunga ikki omil sabab bo‘lishi mumkin:

1. Huquq (majburiyat) egalarining huquqiy ongsizligi;
2. Ma’sulyatsizlik.

Yuqoridagi sabablardan ikkinchi omilni shunchaki ma’sulyatsiz xodimni ma’sulyatli xodimga almashtirish yoki javobgarlikka tortish orqali bartaraf etish mumkin. Lekin birinchi, huquqiy ongsizliknichi? Buni bartaraf etish nisbatan uzoqroq, murakkabroq va ko‘proq mashaqqatni talab etuvchi jarayondir. Aksariyat davlatlarda aholining asosiy qismi huquqiy jihatdan savodsiz hisoblanadi, ammo shuni ham eslatib o‘tish kerakki, qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan qutqarib qolmaydi. Darhaqiqat, qaysidir ma’noda aholining huquqiy ongi pastligi (o‘z huquqlarini talab qilish uchun xuquqiy bilimlarning yetishmasligi) belgilangan normalarning ishlamasligiga, hatto eslanmasligiga olib kelmoqda. Bu esa iivojlanmagan huquqiy ogning asl inikosidir! Rostdan ham huquq sohibi kelib o‘z huquqlarini talab qilmasa, uning uchun birov bu ishni qilmaydiku !

Xo‘sh, axolining huquqiy ongini oshirish uchun nima qilish kerak ?

Qanday yo‘l tutulsa samaradorlikka erishiladi ?

Yuqoridagi savollarga javob tariqasida shuni aytish mumkinki, avvalo, ta’lim jarayonlarida huquqiy fanlarni jadal va sifatli o‘qitishni yo‘lga qo‘yish; eng faol ijtimoiy tarmoqlar orqali tushunchalar berish; aholini o‘z huquqlarini bilishga jalb etish (turli sovrinli musobaqalar, olimpiadalar imtiyoz beruvchi loyihalar) va hokazo.
Agar aholining huquqiy ongi sust rivojlanishda davom etsa, qonuniy (huquqiy) islohotlar esa aksincha jadal rivojlanishda davom etaversa, u xolda bu jamiyat (davlat)ni nima kutmoqda?

Bunday jamiyat (davlat)da avvalo, adolat mezoni va qabul qilingan qonunlar ishlamaydi; inson huquqlari poymol bo‘la boshlaydi; huquqshunoslarga eng elita sifatida qaray boshlanadi; aholi o‘z haq-huquqlarini tanimaydi ham, talab qilolmaydi ham; bu jamiyat (davlat)ning xalqaro maydondagi nufuzi ham pasayadi; mansabdorlar mansabini, majburiyatini suiste’mol qila boshlaydi; qabul qilingan qonunlar “ishlamaydi”; korrupsiya, davlat va xalq mulkini talon-taroj qilish avj oladi. Shunday ekan doim o‘z huquqiy ongingizni rivojlantirishdan xech qachon TO‘XTAMANG!

Yuqoridagi xolat fanda aniq tushuncha bilan ifodalangan, huquqiy idealizm. Huquqiy idealizm bu – huquq imkoniyatlarini o‘rinsiz va asossiz oshirib yuborish bo‘lib, uning zimmasiga jamiyatga berishga qodir bo‘lmagan vazifalarni yuklashdan iborat. Uning quyida asosiy uch shakllari ustida to‘xtalib o‘tamiz.

Birinchi shakl – qonunchilikning ildamlab ketishi, ya’ni jamiyatda hali yuzaga kelib ulgurmagan, aholiging ijtimoiy ongida aks etmagan huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar. Odatda avval yangi munosabat vujudga keladi so‘ng unga doir normativ-huquqiy xujjatlar tartibga solinadi.

Ikkinchi shakl – yuridik normani ro‘yobga chiqarish uchun real mexanizmning yo‘qligidan iborat. Bu holat ham yuridik normalarning amalda ro‘yobga chiqishini kechiktiradi, qiyinlashtiradi. Bu esa, yuridik normalarning kechikib amaliyotga tatbiq etilishiga olib keladi. Ba’zan bu holatlar yillab vaqtni talab etishi mumkin.

Uchinchi shakl – qabul qilingan yuridik normalarning ro‘yobga chiqarilishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarning yetarli darajada hisobga olinmasligi. Bunday holatda ham qobul qilingan umummajburiy normativ-huquqiy normalarning amaliyotga tatbiq etilishida turli to‘siqlar va qiyinchiliklar yuzaga keladi.

Yuqorida keltirib o‘tgan omillarimiz qaysidir ma’noda qonunlarning shunchaki qog‘ozda qolib, amaliyotga tatbiq etilmay qolishiga xizmat qiladi.

Yakuniy xulosa

Qaysi soha bo‘lishidan qat’iy nazar shu sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar amaliyotga tatbiq etilmas ekan yoki kechiktirib, noto‘liq tarzda tadbiq etilar ekan, bu sohaning yaqin kelajakda biron-bir yutuqqa yoki muvaffaqiyatga erishishini ko‘rishimiz dargumon. Muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek, “qonunlarni qabul qilish bu ishning bir qismini halos, asosiy masala – ularni hayotga tatbiq etishdir”. Doimo o‘zimizning va yaqinlarimizning huquqiy ongini ko‘tarishga, boyitishga tirishqoqlik bilan harakat qilaylik. Bizlarning huquqlarimiz qog‘ozda yozilib qolgan birorta jumla emas, balki amaliyotda bizning manfaatlarimizga xizmat qiluvchi vosita ekanligini chuqur mas’uliyat va mamnuniyat bilan anglaylik!

Sirojiddin Yo‘ldoshov,
TDYU IF 2 bosqich talabasi.
Ilmiy rahbar Davlat-huquqiy
Fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Ulfat Shonazarov

Civil.uz Yangiliklardan xabardor bo'lib turing.
Dismiss
Allow Notifications